Jabbor Alisher Musirmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diniy ma’lumotlarni tushunishda shaxs kognitiv uslublarining o‘rni”, 19.00.07 – Din psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P183.
Ilmiy rahbar: Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdimo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor (DSc); Tursunov Lutfulla Sayfullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diniy mazmundagi ma’lumotlarni tushunishga shaxs kognitiv uslublarining ta’sir xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aqidaviy mazmundagi diniy ma’lumotlar orasidan amallar sarhisobi haqidagi hukmlarni tushunishda axborotni kongruent (asliga mos) qabul qilishi, batafsil tahlil va vazmin yondashuvi hisobiga refleksiv kognitiv uslub yetakchilik qilishi dalillangan;
Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarida keltirilgan tavba bilan bog‘liq tushunchalar (pushaymonlik, iqror) o‘rtasidagi semantik masofa (tushunchalar mohiyatining bir-biriga nisbatan uzoq yoki yaqin talqin etilishi) orqali shaxs tipologiyasi (tavba qilish orqali o‘zini tinchlantiruvchi va e’tiqodini saqlovchi toifa)ga ajratish imkonini beruvchi mezon sifatida qo‘llash mumkinligi asoslangan;
bilish sohasida ko‘p e’tiborni tafsilotlar va ikkinchi darajali belgilarga qaratuvchanlik sababli nafl ibodatlar mohiyatini bir tomonlama kompensatsiyalovchi mazmunda tushunish kognitiv maydonga tobelarda ustunlik qilishi aniqlangan;
targ‘ibotchilar orasida diniy ma’lumotlarni tizimli va maxsus (diniy ta’lim tizimida o‘qish orqali) tushunish xususiyatlarining yuqori darajada shakllanganligiga ko‘ra, shaxsda dinga bo‘lgan ijobiy ustuvor qarash (dinni insonning axloqiy va e’tiqodiy hayotini tartibga soluvchi mexanizm sifatida tushunish ustunligi) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diniy ma’lumotlarni tushunishda shaxs kognitiv uslublarining o‘rnini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
aqidaviy mazmundagi diniy ma’lumotlar orasidan amallar sarhisobi haqidagi hukmlarni tushunishda axborotni kongruent (asliga mos) qabul qilishi, batafsil tahlil va vazmin yondashuvi hisobiga refleksiv kognitiv uslub yetakchilik qilishi dalillanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy ma’lumotlarni tushunish xususiyatlari shakllanishining imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarida keltirilgan tavba bilan bog‘liq tushunchalar (pushaymonlik, iqror) o‘rtasidagi semantik masofa (tushunchalar mohiyatining bir-biriga nisbatan uzoq yoki yaqin talqin etilishi) orqali shaxs tipologiyasi (tavba qilish orqali o‘zini tinchlantiruvchi va e’tiqodini saqlovchi toifa)ga ajratish imkonini beruvchi mezon sifatida qo‘llash mumkinligi asoslanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy ta’lim muassasalari talabalariga ko‘rsatilgan amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga xizmat qilgan;
bilish sohasida ko‘p e’tiborni tafsilotlar va ikkinchi darajali belgilarga qaratuvchanlik sababli nafl ibodatlar mohiyatini bir tomonlama kompensatsiyalovchi mazmunda tushunish kognitiv maydonga tobelarda ustunlik qilishi aniqlanganligi bo‘yicha taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-sonli buyrug‘i bilan “Psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy mazmundagi ma’lumotlarni idrok qilishda shaxsning sub’ektiv psixologik omillarini samarali yondashuvlar orqali oshirishga xizmat qilgan;
targ‘ibotchilar orasida diniy ma’lumotlarni tizimli va maxsus (diniy ta’lim tizimida o‘qish orqali) tushunish xususiyatlarining yuqori darajada shakllanganligiga ko‘ra, shaxsda dinga bo‘lgan ijobiy ustuvor qarash (dinni insonning axloqiy va e’tiqodiy hayotini tartibga soluvchi mexanizm sifatida tushunish ustunligi) isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-62-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari tizimidagi psixologlar, o‘qituvchilar hamda talabalarning diniy ma’lumotlarni tushunish samaradorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.