Xashimhonov Ahrorxon Muminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy masalalari”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Yu8.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Husanov Ozod Tillabaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Zulfiqarov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslariga oid munosabatlar orqali ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hukumat rahbarini saylash va tayinlash, shuningdek unga nisbatan javobgarlik belgilash parlament palatalarining ko‘pchilik ovozi orqali amalga oshirilishi kerakligi asoslangan;
Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimiga nomzodni parlament tomonidan ko‘rib chiqish va ma’qullash chog‘ida uning istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “faoliyat dasturi”ni taqdim etishi zarurligi asoslangan;
Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi yangi shakllantirilgan Senatning birinchi majlisi o‘tkaziladigan kunda parlament palatalariga Bosh vazirning yozma murojaat qilishi orqali amalga oshirilishi kerakligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi ayrim a’zosi rahbarlik qilayotgan davlat boshqaruvi organi faoliyati natijasiga ko‘ra, zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqarish yuzasidan davlat rahbariga taklif kiritishi mumkinligi asoslab berilgan;
Hukumat faoliyatida shaffoflik va hisobdorlikka oid tamoyil talablariga to‘liq erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi parlament palatalari qo‘mitalari va komissiyalarining hukumat faoliyatiga doir tavsiya va takliflarini ko‘rib chiqishi hamda mazkur masalalar yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishi, shuningdek, ularning natijasi to‘g‘risida tegishli qo‘mita va komissiyalarni kelishilgan muddatda xabardor qilishi zarurligi asoslangan;
Vazirlar Mahkamasining axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi faoliyati axborot jamiyatini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish, shuningdek, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirilishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy masalalarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
agar ovoz berish chog‘ida Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasida yoki Senatda Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan keyin Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega ekanligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunida (6-modda 5-qismi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 8 iyundagi 04/10-10-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi Bosh vazir nomzodi parlament palatalari tomonidan tasdiqlanmagani holatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marotaba taqdim etishida ifodalanadigan huquqlari kengayishiga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimiga nomzod uning nomzodini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va ma’qullash chog‘ida Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunida (6-modda 8-qismi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 8 iyundagi 04/10-10-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi hukumat a’zolarining lavozimga tayinlanishdan oldin kelgusidagi faoliyatlari jarayonida amalga oshiradigan bir necha yo‘nalishdagi o‘z vazifa va dasturlarini taqdim etishi orqali ularning parlament oldidagi mas’uliyat hamda hisobdorligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi yangi shakllantirilgan Senatning birinchi majlisi o‘tkazilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshirilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunida (6-modda 16-qismi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 8 iyundagi 04/10-10-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi amaldagi hukumatning toki yangi parlament palatalari shakllanib bo‘lgach yangi Bosh vazir va hukumat a’zolarini shakllantirishning imkoniyati vujudga kelgunga qadar faoliyat yuritib turishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi ayrim a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishi hamda zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishi mumkinligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunida (38-modda 5-qismi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 8 iyundagi 04/10-10-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi hukumat a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi oldidagi hisobdorligi va javobgarligining ortishiga xizmat qilgan;
axborot jamiyatini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimi joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunida (17-moddasi uchinchi xatboshisi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 12-15-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishiga, shuningdek jamiyat hayotida fuqarolarning huquq va manfaatlari davlat organlari tomonidan tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish orqali ta’minlanishiga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalari va komissiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalarini va komissiyalarini kelishilgan muddatda xabardor qilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunida (38-modda 9-qismi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 8 iyundagi 04/10-10-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi parlament organlarining hukumat faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tegishli ustuvor vazifalarni belgilab berishda ifodalanadigan huquqlarining kengayishiga xizmat qilgan.