Abdulazizov Baxrom Toshmirza o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temperatura va magnit maydonini kvazi-ikki o‘lchamli elektronlar gazi statistikasiga ta’siri”, 01.04.10–«Yarimo‘tkazgichlar fizikasi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/FM154. 
Ilmiy rahbar: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01.
Rasmiy opponentlar: Razikov Taxirdjan Mutalovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karajonov Smagul Jangabergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: InAs/In0.81Ga0.19As/InxAl1−xAs, Ga0.67Al0.33As/GaAs/ /Ga0.67Al0.33As, AlSb/InAs/AlSb geterotuzilmalari kvant o‘rasidagi ikki o‘lchamli elektronlar dispersiyasi noparaboliklikni va bir necha minizonalarni to‘ldirilishini hisobga olgan holda gazning energiya holatlar zichligi, Fermi energiyasi, entropiyasi, issiqlik sig‘imi va bitta zarraga to‘g‘ri keluvchi entropiya, kimyoviy potensialini, g-faktor, siklotron massasini shuningdek boshqa termodinamik kattaliklarni magnit maydoni va haroratga bog‘liqligini o‘rganishdan (mavjud tajriba ma’lumotlarini tahlil qilish) iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  fazoviy kvantlanish minizonalari ko‘p bo‘lganda ikki o‘lchamli elektron gazini kimiyoviy potensialini xususiyatlarini tahlili  uchun tenglamalar aniqlangan;  
birinchi marta kvant o‘rada fazoviy kvantlanish minizonalari ko‘p bo‘lgan ikki-o‘lchamli elektronlar gazini issiqlik sig‘imi uchun analitik tenglamalar aniqlangan;  
ilk bor ikki o‘lchamli elektronlar gazida elektroning kvazistatsionar energiya sathlari kengligini  energiya holatlar zichligiga ta’siri matematik modellashtirilgan; 
o‘tkazuvchanlik zonasi noparabolik bo‘lgan kvant o‘ralar uchun  ikki o‘lchamli elektronlar gazida bitta zarraga to‘g‘ri keluvchi entropiyani tavsiflovchi analitik formulalar olingan; 
ilk bor InAs kvant o‘rasida noparabolik zona modelida elektronni siklotron massasini magnit maydoniga bog‘lanishi interpretatsiya qilishda ikkinchi minizonadagi Landau sathlarini  hisobga olish muhimligi aniqlangan; 
birinchi marta kuchli magnit maydonida InAs kvant o‘rasidagi elektronni spin ajralish g-faktori Keyn uch zonali noparabolik modelida hisoblangan natijalarini tushuntirishda ikkinchi minizonadagi Landau sathlarini ta’siri zarur ekanligi aniqlangan; 
ilk bor magnit maydoni qiymati o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ikki o‘lchamli elektronlar gazning kimyoviy potensiali va Landau sathlarining to‘ldirish faktorini haroratga bog‘liq tenglamalar topilgan va matematik modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harorat va magnit maydonini kvazi-ikki o‘lchamli elektron gazi statistikasiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kvant o‘ralar uchun magnit maydoni qiymati o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ikki o‘lchamli elektronlar gazning kimyoviy potensiali va Landau sathlarining to‘ldirish faktorini haroratga bog‘liq tenglamalaridan Rossiya fundamental tadqiqotlar fondining “Noto‘g‘ri zonali yarimo‘tkazgichli kvant nuqtalar: lokallashgan eksitonlarning rekombinatsiyasi va spinli dinamikasi” mavzusidagi Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining A.V. Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutida bajarilgan №19-02-00098 raqamli grantni bajarishda foydalanilgan. (V.Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutining 2022 yil 4 iyundagi  №15307-26-2433 -sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni kvant o‘ra va kvant nuqtalardagi  elektron gazida Landau sathlarining to‘lishida kimyoviy potensialning haroratga bog‘liqligi aniqlashga imkon bergan. 
mikro va nano razmerdagi ikki o‘lchamli elektronlar gaz mini zona konsentratsiyasi, issiqlik sig‘imi, kimyoviy potensiali va termodinamik holatlar zichligi  haroratga bog‘liqlik uchun olingan analitik tenglamalardan  «Foton» Aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli maydon tranzistorlari ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 5 yanvardagi 04-3/5-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni texnologik jarayonga qo‘llash o‘ta tezkor mikroelektron asboblar, optoelektron qurilmalar, lazerli diodlar, optik modulyatorlar va maydon tranzistorlarining kirish va chiqish xarakteristikalariga keng diapazonda harorat va kuchli magnit maydonlari ta’sirida  qurilmalarni ishchi chastota sohasini 20 foizga kengaytirish imkoniyatini yaratilgan;
nano o‘lchamli quyosh ponellari uchun ishlatiladigan yarimo‘tkazgichlar asosidagi qorishmalardagi elektronni spin ajralish g-faktori va siklotron massasini magnit maydoniga bog‘lanishi  uchun olingan tenglamalrdan  Namangan muhandislik-texnologiya institutida OT-F-74-«Yarimo‘tkazgichli qorishmalar va kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlar energetik spektrlarini tadqiq qilish» fundamental loyihasinig ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda qo‘lanilmoqda. (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 7 febraldagi 311-024-son ma’lumotnomasi) Dissertatsiyasida olingan tenglamalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli qorishmalar va kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlarli moddallardan yaratilgan qurilmalarning ishchi  sohasidagi termodinamik kattaliklarni 1.12 %  yahshilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish