Axmedov Mirzokir Xakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani arrali jinlashning muqobil texnika va texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.DSc/T509
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» aksiyadorlik jamiyati
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor; Madumarov Ilxom Dedaxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta xomashyosini samarali jinlash texnologiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan arrali jinni texnologik va konstruksion parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini jinlash va tolani jinda chuqur tozalash uchun yangi konstruksiyali arrali jin yaratilgan;
ishchi kamera kerakli miqdordagi paxtani tiqilmasdan qabul qilishi uchun kamera fartugi ustki qismini gorizontal tekislik bilan hosil qilgan muqobil burchagi kamera zeviga berilgan paxta qatlamidagi zichlik va bosim kuchini inobatga olgan holda aniqlangan;
jinda tolani tozalashda toladan iflos aralashmalarning ajralishida kolosniklarning muqobil soni, o‘rnatilishi va tozalash samaradorligi, tolaga ta’sir etuvchi uruvchi va tarovchi kuch orqali aniqlangan;
tolani arrali silindrdan to‘liq ajratish va tola kanaliga tashishda spiral havo kameraning muqobil parametrlari havoni tolaga ta’sir etuvchi kuchlarini inobatga olgan holda aniqlangan;
havo sarfini kamaytirish bilan tola sifatini yaxshilaydigan, ish unumdorligi va tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan arrali jinning konstruktiv va texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasteri paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosini arrali jinlashda samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta xomashyosini jinlash texnologiyasi va uskunasi Toshkent viloyatining Bo‘ka paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiton paxta- to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 02/22-648-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani jinlashda jinning ish unumdorligini bitta arra hisobiga o‘rtacha 11,7 % va 21,2 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
paxta xomashyosini jinlash texnologiyasi va uskunasi Toshkent viloyatining Bo‘ka paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiton paxta- to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 02/22-648-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani jinlashda jinning o‘zida tolani tozalashda tozalash samaradorligi o‘rtacha 6,4 (abs)% va 6,2 (abs)% ga yuqori bo‘lib, tola sifatini oshirish imkoni yaratilgan.