Mallaev Orifjon Samad O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tozalash kamerali arrali jin uchun chigitni qo‘shimcha chiqarish qurilmasi konstruksiyasini asoslash» 05.02.03 – «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T2496.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc 30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shinnikovich texnika fanlari doktori, professor; Narmatov Elmurod Avazovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyalari talablariga javob beradigan resurstejamkor, takomillashtirilgan tozalash kamerali arrali jin uchun chigitni qo‘shimcha chiqarish qurilmaning konstruksiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xom ashyo valigi harakatini nazariy va tajribaviy usullar tahlili asosida, xom valigining chigitni chiqarish qurilmasi bilan aylanma harakatining ifodalovchi matematik modellari ishlab chiqilgan;
arrali jin texnologik parametrlarini hisobga olgan holda gigitni chiqarish quvuri va shnekning konstruktiv va kinematik parametrlarini hisoblash tenglamalari qurilgan;
tozalash kamerali bo‘lgan arra jin chigitni chiqarish qurilmasi va aylanuchi shnek harakat uzatish tizimining matematik modellari ishlab chiqilgan;
tozalash kamerali arra silindrining energik parametrlari va chigitni chiqarish qurilmasi harakat uzatish tizimining ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tozalash kamerali arra jin uchun chigitni chiqarish qurilma konstruksiyasini ishlab chiqish ilmiy natijalari asosida:
tozalash kamerali arra jin chigitni chiqarish qurilmasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumani «APK Bo’ka» MChJ XK tizimidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasida joriy qilingan (joriy qilish dalolatnomasi 15-24 mart kunlari 2022 yil). Tadqiqot natijalari chigitni chiqaruvchi quvur ishchi kameradagi chigitning 21-38.2 % ini chiqarishini ko‘rsatdi. Arrali jin ishchi kamerasi ichidagi xomashyo valining harakatini matematik modellashtirishi xomashyo valigi massasini 15% ga kamaytirish uchun quvurdagi teshiklar miqdori 15% ga oshirildi. Ishchi kameradagi chigitni chiqarish samaradorligini oshirish uchun shnekning quvurga nisbatan teskari yo‘nalishda aylantirilishini ta’minlovchi planetar reduktor o‘rnatilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29 apreldagi № 02/22-270 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada energiya sarfi 8,7 % kamaygan va jin ish unumdorligi 7,0 % oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish