Xolyigitov Sherzod Norboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni tutish qurilmasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga
dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2919
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologik uskunalarning ishlash muddatini va olinayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun paxta tarkibidagi mayda tosh va og‘ir aralashmalarni tutishning samarali uskunasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni samarali tutish uskunasi va og‘ir aralashmalarni uzluksiz tashqariga chiqarish cho‘ntak moslamasi ishlab chiqildi;
paxta oqimidan ajralgan mayda toshlarni rolikli moslamadan chiqib, harakatlanish traektoriyasini aniqlash koordinatalari tenglamalari olindi, moslamaning konussimon sirtigacha tushish vaqtini hisoblash formulasi aniqlandi;
paxta oqimidan mayda toshlarni ajratish uskunasi patnisining tebranishlarini ifodalovchi matematik modeli olindi. Sonli echim orqali aloxida patnisni og‘ma tebranish qamrovini o‘zgarish qonuniyatlari uning harakatlariga bog‘liqligi aniqlandi;
tosh tutish uskunasi qaytargichini kamerada o‘rnatish balandligi, titgich-yo‘naltirgichni kamera yuqori devoriga o‘rnatish burchagi, uskunaning ish unumdorligi ko‘p omilli tajribalar asosida aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tarikibidagi tosh va og‘ir jismlarni tutish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
ishlab chiqilgan tosh tutish uskunasi Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani “Sangzor tekistil” klasterining paxtani havo transporti tizimiga joriy qilindi (“Paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yildagi № 02/22-634 sonli ma`lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan tosh tutkich uskunasida o‘lchami 10 mm gacha toshlarni tutish samarsi 85% ni tashkil etib, amaldagisidan 35 % ga yuqori, o‘lchami 10-20 mmgacha toshlarni tutish samarasi 91 % ni tashkil etib, amaldagisidan 36 % ga yuqori va o‘lchami 20-30; 30-50 mm da 95-98% ni, bolt va gaykalarni tutishi esa 100-95 % ni tashkil etib, umumiy tutish samarasi 94,2% ni tashkil etib, amaldagi tosh tutkichdan 15,7% ga yuqori ekanligi aniqlangan.