Dauletov Adilbek Yusupbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ elektron hujjat aylanish tizimining model, algoritmlari va dasturiy instrumentlarini yaratish”, 05.01.09 – “Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: OAKda B2022.3.PhD/T3000
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02;
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turaev Shavkat Shuxratovich., iqtisod fanlari doktori, dotsent; Elov Botir Boltaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fan va ta’limga oid elektron hujjatlar aylanish tizimining model, algoritmlari va dasturiy instrumentlarini yaratish va amaliyotga joriy qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MARC21 maydonlari va maydonlarni hosil qiluvchi ma’lumot tuzilma asosida hujjatlarni tavsiflashning ikkita konstruktorining algoritmlari va dasturiy instrumentlari ishlab chiqilgan;
BPMN metadologiyasi asosida elektron hujjat aylanish tizimlarning mantiqiy - funksional jarayonlarini loyihalash modeli va vaqtini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
MARC21 va teg maydonlar asosida ko‘p parametrli dinamik hisobotlarni elektron hujjatning tavsifi, davriy interval, elektron hujjatning bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish algoritmlari va dasturiy instrumenti ishlab chiqilgan;
ob’ekt-relyasion modellash asosida elektron hujjatlarni tavsiflashga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari va ER modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ishlab chiqilgan elektron hujjat aylanish tizimida elektron hujjatlarni tavsiflash, mantiqiy funksional jarayonlarni loyihalash hamda ko‘p parametrli dinamik hisobotlarni shakllantirish algoritmlari va dasturiy instrumenti asosida:
MARC21 maydonlari va maydonlarni hosil qiluvchi tuzilma asosida hujjatlarni tavsiflash konstruktori, ko‘p parametrli dinamik hisobotlarni shakllantirish uslublari, algoritmlari va dasturiy instrumenti asosida yaratilgan tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi DUK “OAK axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2022 yil 24 avgustdagi 12-3467-sonli ma’lumotnomasi). Elektron hujjat aylanish tizimi asosida samaradorlik natijalaridan korporativ elektron hujjat soni 25% ga oshgan, elektron hujjatlarga ishlov berish va elektron hujjat javobini olish vaqti 50% ga qisqargan, kiruvchi va chiquvchi, ichki hujjatlardan foydalanib, qog‘oz bilan ishlaydigan vaqtini 60% tejagan.
BPMN metadologiyasi asosida elektron hujjat aylanish tizimlarining mantiqiy - funksional jarayonlarini loyihalash modeli va vaqtini hisoblash algoritmi, elektron hujjatlarni tavsiflashga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari va ER modeli asosida yaratilgan tizimi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 va DSc.13/30.12.2019.T.07.02 Ilmiy kengashlari va Ilmiy kengashi faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2022 yil 24 avgustdagi 12-3467-sonli ma’lumotnomasi). Tashkilotga kiruvchi va chiquvchi, ichki hujjatlardan foydalanib, qog‘oz bilan ishlaydigan vaqtini 60% tejagan, hujjatlarni yuborish xarajatlarini o‘rtacha 5 martaga kamaytirgan;
ro‘p parametrli dinamik hisobotlarni elektron hujjatning tavsifi, davriy interval, elektron hujjatning bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish uslublari, algoritmlari va dasturiy instrumenti asosida ishlab chiqilgan tizimi “Developer Group” MChJ ish yuritish va xat almashish faoliyatida o‘quvchilar va ota-onalar bilan yozishmalarni o‘rganish va MChJ ichki masalalarini hal qilishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2022 yil 24 avgustdagi 12-3467-sonli ma’lumotnomasi). Elektron hujjat aylanish tizim asosida samaradorlik natijalaridan xodimlarga mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi o‘rinlar asosida ish samaradorligi o‘rtacha 2,25 barobariga oshgan, kiruvchi va chiquvchi, ichki hujjatlardan foydalanib, qog‘oz bilan ishlaydigan vaqtini 60% tejagan, hujjatlarni yuborish xarajatlarini o‘rtacha 5 martaga kamaytirgan. Bundan esa, davlat organlarining, xususiy sektorlarning faoliyatida tadqiqotning ilmiy va amaliy natijalaridan foydalanish mumkinligini va bu elektron hujjat aylanish tizimini ommalashtirish mumkinligini aniqlab bergan.