Bekmirzaev Obidjon Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot tizimlarida hujum izlarini qidirish va tahlil qilish modeli, algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2833.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalmuratov Omonboy Utamuratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot tizimlarida hujum izlarini qidirish va tahlillashning modeli, algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot tizimi va mavjud interfeys uchun mumkin bo‘lgan ta’sir ob’ekti asosida axborot tizimida hujum manbalarining ro‘yxatini shakllantirish protsedurasi ishlab chiqilgan;
hodisalar majmuasini qurish uchun to‘rtta parametrni mantiqiy boshqaruvining binar munosabati asosida hujum ta’siri ostida tugun holatining hodisalar majmuasini qurish algoritmi ishlab chiqilgan; 
axborot tizimida hujum manbalari ro‘yxatini shakllantirish protsedurasi va ANFIS neyro-noravshan tizimi asosida hujum izini qidirish modeli va parametrlarini sozlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ANFIS neyro-noravshan tizimi asosida axborot tizimi himoyasining samaradorligini baholash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot tizimlarida hujum izlarini qidirish va tahlillash modeli hamda dasturiy majmualari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot tizimida hujum manbalari ro‘yxatini shakllantirish protsedurasi va hujum ta’siri ostida tugun holatining hodisalar majmuasini qurish orqali muassasalarning axborot tizimida bo‘lib o‘tgan hujum izini qidirishning neyro noravshan tizimi modelining dasturiy majmuasi Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATUga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33–8/6759 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida mavjud axborot tizimi himoyasi talablarini qayta ko‘rib chiqib, himoyalanganlik darajasi 21% ga va tizimda bo‘lib o‘tgan hujum izlarini aniqlab, aniqlangan izlarni ma’lumotlar bazasini shakllantirish orqali uni kelajakda takrorlanishini oldini olish darajasi 71% ga oshgan. Shuningdek, tizimda takroriy muvaffaqiyatsiz urinishlarni bloklash orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan takroriy tahdidlar 50% ga kamaytirilgan; 
tashkilotdagi axborot tizimida hujum izlarini qidirishning dasturiy majmuasi «SSP Maroqand» ko‘p funksiyali axborot markazi unitar korxonasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33–8/6759 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida muassasaning axborot tizimiga bo‘lgan hujumlarni aniqlash va bu haqida tizim ma’murini ogohlantirish imkoniyati yaratilgan;
«Xavfsiz onlayn ovoz berish» va «Hujum izini qidirish» dasturiy majmualari “Kiberxavfsizlik” markazi Davlat unitar korxonasida test jarayonida qo‘llanilgan. (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33–8/6759 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida mavjud axborot tizimi himoyasi talablarini qayta ko‘rib chiqib, himoyalanganlik darajasi 21% ga va tizimda bo‘lib o‘tgan hujum izlarini aniqlab, aniqlangan izlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish orqali kelajakda oldini olish darajasi 72% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish