Saidnazarov Firdavs Abdulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqish va joriy etish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1438.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Jasur Tursunpo‘latovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish amaliyotini  moliyaviy strategiya va jamiyatning umumiqtisodiy rivojlanish dasturlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlashni amalga oshiruvchi “Moliyaviy strategik boshqaruv” departamentini tashkil etish orqali takomillashtirish asoslangan;
aksiyadorlik korxonalarida moliyaviy resurslarni boshqarish tizimiga moliyaviy strategiyaga oid ma’lumotlarni integratsiyalash orqali kompaniya moliyaviy resurslarini shakllantirish (Kmr=0,12), ta’minotchi va mijozlar bilan aloqalar samaradorligi (KAS=0,25), korxona ishlab chiqarish quvvatlari, asosiy fondlari va aylanma mablag‘larini safarbar etish (KSE=0,19), investisiyalarning samaradorligini ta’minlash (KIS=0,23)ni oshirish imkoniyatlari asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida xo‘jalik yuritish shakllarini transformatsiya qilish va moliyaviy mablag‘larning sarflanishi shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan transformatsiya bo‘limi va “muvofiqlik tizimi (komplaens) xizmati” faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
“O‘zbekgidroenergo” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashning iqtisodiy-moliyaviy hisob-kitoblari asosida investisiya loyihalarini moliyalashtirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish amaliyotini  moliyaviy strategiya va jamiyatning umumiqtisodiy rivojlanish dasturlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlashni amalga oshiruvchi “Moliyaviy strategik boshqaruv” departamentini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifidan “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarida moliyaviy-iqtisodiy istiqbolli rejalar va strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 10 noyabrdagi 04-19/3152-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida “Moliyaviy strategik boshqaruv” departamenti tashkil etilib, istiqbolli moliyaviy strategiyani ishlab chiqish jarayonlarining yanada takomillashuvga erishilgan, tuzilmalarning faoliyatini ilmiy asosda qayta tashkil qilish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik korxonalarida moliyaviy resurslarni boshqarish tizimiga moliyaviy strategiyaga oid ma’lumotlarni integratsiyalash orqali kompaniya moliyaviy resurslarini shakllantirish (Kmr=0,12), ta’minotchi va mijozlar bilan aloqalar samaradorligi (KAS=0,25), korxona ishlab chiqarish quvvatlari, asosiy fondlari va aylanma mablag‘larini safarbar etish (KSE=0,19), investisiyalarning samaradorligini ta’minlash (KIS=0,23)ni oshirish imkoniyatlari “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarida moliyaviy-iqtisodiy istiqbolli rejalar va strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 10 noyabrdagi 04-19/3152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarida ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyalar ko‘rsatkichlarining aniqligi yanada oshib, iqtisodiy samaradorlikning o‘sishiga imkon yaratgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida xo‘jalik yuritish shakllarini transformatsiya qilish va moliyaviy mablag‘larning sarflanishi shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan transformatsiya bo‘limi va “muvofiqlik tizimi (komplaens) xizmati” faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifidan “O‘zbekgidroenergo” AJning 2021 yilga mo‘ljallangan jamiyatni transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlari” dasturini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 10 noyabrdagi 04-19/3152-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy-amaliy taklifining amaliyotga joriy qilinishi natijasida “O‘zbekgidroenergo” AJning moliyaviy mablag‘larining maqsadli, manzilli va samarali foydalanishni ta’minlovchi tarkibiy mexanizm yuzaga kelgan;
“O‘zbekgidroenergo” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashning iqtisodiy-moliyaviy hisob-kitoblari asosida investisiya loyihalarini moliyalashtirishning 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekistonning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan gidroenergetika sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 10 noyabrdagi 04-19/3152-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi oqibatida jamiyatni kelgusi besh yillikda iqtisodiy rivojlantirishning moliyaviy asoslarini ishlab chiqish imkoniyati vujudga kelib, konsepsiyaning ilmiy asosligini oshirgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish