Abduazizova Durdona Abduzuxurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turli lingvomadaniyatlarda paralingvistik vositalar tipologiyasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1 DSc/Fil41.
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilyaram Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Fil.01/10.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Elena Sergeevna, filologiya fanlari doktori, professor (Rossiya); Qulmamatov Do‘stmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paralingvistik vositalar ingliz, o‘zbek va rus tillarida mavjudligi asosida ularning kommunikativ-pragmatik, ijtimoiy-madaniy, kognitiv va etnik jihatlardagi xususiyatlari nuqtai nazaridan turkumlashtirish va konseptuallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida noverbal vositalarning ko‘p ma’noliligi va ko‘p funksionalligi, yuqori-kontekstli va quyi-kontekstli madaniyatga tegishli semantik-stilistik, kommunikativ-pragmatik, kognitiv kabi izomorf xususiyatlari xamda paralingvistik vositalarning ma’lum bir madaniyatda mavjudligi, ikkinchi bir madaniyatda esa mavjud emasligi, funksional yo‘naltirilganligi, variantdorligi kabi allomorf xususiyatlari asoslangan;
tahlil etilayotgan lingvomadaniyatlardagi kommunikatsiyalarning turli tip va vaziyatlarda qo‘llaniluvchi paralingvistik vositalar mavjud bo‘lishi jarayonlarida kommunikativ, ijtimoiy-madaniy va kognitiv-pragmatik omillarning yosh va gender omillari, madaniy va ta’lim darajasi doirasidagi maqom tavsiflari, kommunikatsiyaning intensional va strategik xarakteri, insonning intellekti va mentaliteti bilan bevosita bog‘liq kabi funksiyalari asoslangan;
ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida paralingvistik vositalarning verbal va noverbal nutq intizomining qoida va me’yorlari, milliy mentalitet va xarakter, xayot tarzi, milliy an’analarni aks ettiruvchi o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlari isbotlangan;
paralingvistik vositalarning funksional ahamiyati hamda tahlil qilinayotgan lingvomadaniyatlardagi kommunikatsiya va muloqot vaziyatlarning madaniyatlararo kommunikatsiya, nutq madaniyati, adabiy kommunikatsiya tiplarida ularning asosiy kognitiv, ijtimoiy-madaniy, stilistik funksiyalari dalillangan;
madaniyatlararo aloqada, nutq odobida paralingvistik vositalarning ijobiy kontentini yaratish, hushmuomalalikni ifodalash, aloqa o‘rnatish, kelishuvga erishish, dunyo va dunyoning konseptual tasvirini modellashtirish xaqidagi yangi bilimlarni to‘plash, ma’lum bir ma’noni to‘g‘ri etkazib berish kabi konseptual ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli lingvomadaniyatlarda paralingvistik vositalar tipologiyasini tadqiq etish jarayonida olingan nazariy qoida va amaliy natijalar  asosida:
parfonetik, parakinesik vositalarning ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlaridagi parametrlashtirilishga oid xulosalardan 2017-2021 yillarda Andijon davlat universitetida bajarilgan OT-F1-18-sonli “Ommaviy og‘zaki madaniyatni shakllantirish metodlari va metodikalarini ishlab chiqish” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 25 avgustdagi 32-32/4864-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar fundamental loyiha doirasida dastur va ilovalarni takomillashtirishga xizmat qilgan; 
ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida noverbal vositalarning ko‘p ma’noliligi va ko‘p funksionalligi, yuqori-kontekstli va quyi-kontekstli madaniyatga tegishli semantik-stilistik, kommunikativ-pragmatik, kognitiv kabi izomorf xususiyatlari xamda paralingvistik vositalarning ma’lum bir madaniyatda mavjudligi, ikkinchi bir madaniyatda esa mavjud emasligi, funksional yo‘naltirilganligi, variantdorligi kabi allomorf xususiyatlariga oid xulosalar “Harbiy  aviatsiya atamalarining innovatsion elektron uch tilli izohli lug‘atini yaratish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 20 iyuldagi 10/1231-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar dastur va o‘quv qo‘llanmalarining takomillashishiga, shuningdek innovatsion elektron uchtilli izohli lug‘at yaratilishiga ko‘maklashgan;
ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida paralingvistik vositalarning verbal va noverbal nutq intizomining qoida va me’yorlari, milliy mentalitet va xarakter, xayot tarzi, milliy an’analarni aks ettiruvchi o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlari borasidagi xulosalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ssenariylar va ayrim shou-ko‘rsatuvlarni tayyorlashda, jumladan, “O‘zbekiston” telekanalining dasturlarini yozishda  diktorlar (suhandonlar), tele olib boruvchilarning nutq ko‘nikmalarini oshirish, shaxsiy va madaniyatlararo muloqotni shakllantirish kabi, shuningdek turli teleko‘rsatuvlarni, jumladan «Assalom Oʻzbekiston» dasturini olib borish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 iyundagi 06-28-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqikot ma’lumotlari telekursatuv ilmiyligini, suxandon va teleboshlovchilarning nutq ko‘nikmalarini oshirishga, shaxsiy va madaniyatlararo muloqotni shakllantirishga  xizmat qilgan; 
madaniyatlararo aloqada, nutq odobida paralingvistik vositalarning ijobiy kontentini yaratish, hushmuomalalikni ifodalash, aloqa o‘rnatish, kelishuvga erishish, dunyo va dunyoning konseptual tasvirini modellashtirish haqidagi yangi bilimlarni to‘plash, ma’lum bir ma’noni to‘g‘ri etkazib berish kabi konseptual ahamiyati borasidagi xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Kitob mahsulotini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalarning bevosita ijrosiga qaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2022 yil 7 sentyabrdagi 03-12-13-3631-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi» ning 35 bandi doirasida joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish