Sindarov Sherzod Egamberdievich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida moddiy qiymatliklar hisobi va nazorati metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit». 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt387.  
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xojimurodov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida moddiy qiymatliklar hisobi va moliyaviy nazorati metodologiyasini takomillashtirishga oid taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovar-moddiy qiymatliklar ular sotib olingan bahoda (etkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo‘lsa, o‘rtacha bahoda hisobdan chiqarilishi asoslangan;
majburiyat hisobiga olingan asosiy vositalar uning boshlang‘ich qiymati amortizasiya va qadrsizlanish natijasida yuzaga kelgan zararlarni chegirib tashlagan holda aktiv sifatida tan olish taklif etilgan;
asosiy vositalar qisman tugatilgan holatda uning boshlang‘ich qiymati va hisoblangan amortizasiya tegishlicha ob’ekt tugatilgan qismining boshlang‘ich qiymati va hisoblangan amortizasiya summasiga kamaytirilishi taklif etilgan;
asosiy vosita balansdan chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan daromad va xarajatlar asosiy vosita hisobdan chiqarilganida olingan sof tushum va uning balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida tan olinishi asoslangan;
asosiy vositalarni tugatish munosabati bo‘yicha balansdan chiqarilganda keyinchalik foydalanish uchun yaroqli materiallarni aks ettirishga mo‘ljallangan ishchi  schyotlarni kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida moddiy qiymatliklar hisobi va nazorati takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tovar-moddiy qiymatliklar ular sotib olingan bahoda (etkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo‘lsa, o‘rtacha bahoda hisobdan chiqarilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 12 dekabrdagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet hisobining (7-sonli BHS) «Tovar-moddiy zaxiralar» standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 03-02-52/37-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida byudjet tashkilotlarida sotib olingan tovar moddiy zaxiralar qiymatini xisobdan chiqarishda ular qiymatini xarajatlar tarkibida aks ettirilishini optimallashtirish, haqiqiy xarajatlar summasini keskin oshib ketishi yoki kamayib ketishini oldini olish imkonini bergan;
majburiyat hisobiga olingan asosiy vositalar uning boshlang‘ich qiymati amortizasiya va qadrsizlanish natijasida yuzaga kelgan zararlarni chegirib tashlagan holda aktiv sifatida tan olish zarurligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 30 yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining (8-sonli BHS) «Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar» standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 03-02-52/37-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet tashkilotlari xisob siyosatida asosiy vositalarni aktiv sifatida tan olinishi hamda moliyaviy hisobotlarda ular qiymatini ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
asosiy vositalar qisman tugatilgan holatda uning boshlang‘ich qiymati va hisoblangan amortizasiya tegishlicha ob’ekt tugatilgan qismining boshlang‘ich qiymati va hisoblangan amortizasiya summasiga kamaytirilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019 yil 30 yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining (8-sonli BHS) «Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar» standartida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 03-02-52/37-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, byudjet tashkilotlari xisob siyosatida asosiy vositalarni aktiv sifatida tan olinishi hamda moliyaviy hisobotlarda ular qiymatini ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
asosiy vosita balansdan chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan daromad va xarajatlar asosiy vosita hisobdan chiqarilganida olingan sof tushum va uning balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida tan olinishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 30 yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet hisobining (8-sonli BHS) «Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar» standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 03-02-52/37-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy vositalarni balansdan chiqarilishi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniq va ishonchli shakllantirish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;
asosiy vositalarni tugatish munosabati bo‘yicha balansdan chiqarilganda  keyinchalik foydalanish uchun yaroqli materiallarni aks ettirishga mo‘ljallangan ishchi schyotlarni kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tizim muassasalari hisob siyosatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 89-04-170-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, moliyaviy hisobotlarni shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash va ularni tahlil qilish imkoniyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish