Berdibaeva Saodat Ulugbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nasliy motosensor neyropatiyalarni optimallashtirish masalalari,tashxislash davolashni kliniko neyrofiziologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1334.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shoanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi NMSNning klinik-neyrofiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash, tashxisoti va terapiyasini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasliy motosensor neyropatiyalar bilan kasallangan bolalar genialogik shajarasini sharxlashda autosom dominant tip ustunlik qilishi xamda geterozigotali xolatlarda og‘ir kechishi isbotlangan;
nasliy motosensor neyrapatiyalarda sezgining barcha turlari buzilishi (yuzaki va chukur) polinevrotik tipda bo‘lib, neyroinfeksiya asoratlarida yuzaki sezgi buzilishlari aniqlangan;
infeksion genezli neyropatiyalarda jarayon to‘liq tiklanishi, nasliy neyropatiyalarda mushaklarning motor va sezgi buzilishlari xisobiga sekin progressiv orqaga qaytmas jarayon rivojlanishi aniqlangan;
nasliy motosensor neyropatiyalar klinik rivojlanishi erta prediktorlari bulgan mushak markerlarining tashxisot ko‘rsatkichlari (Kriatininfosfokinaza, Laktatdegidraginaza va kal`siy, magniy fosfor almashinuvi) aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda NMCNni erta tashxislash va davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasliy motosensor neyropatiya tashxisi aniqlangan bemorlarda diagnostika usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Nasliy motosensor neyropatiyani diagnostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-z/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda tashxisot, differensial tashxisot va adekvat davolash sifatini oshirish imkonini bergan;
nasliy motosensor neyropatiya tashxisi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Nasliy motosensor neyropatiyani davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-z/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma davolashning iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy samaradorligini oshirish, eng kam xarajat va asoratlar rivojlanishi xavfi bilan ko‘proq bemorlarga yordam berish, NMSN bilan kasallangan bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda NMSNni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha  tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand tibbiyot instituti, U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi va Buxoro viloyati «Nasriddin Shams Med» xususiy klinikasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1iyuldagi 08-19173-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy tavsiyanomalar bolalarda nasliy motosensor neyropatiyani tashxislash va davolashni takomillashtirish va standartlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish