Axmedova Ziyoda Shaxabiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemostaz buzilishlari bilan muddatdan oldin tugilgan chakaloklarda MNT perinatal shikastlanishlarning klinik-nevrologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib916.
Ilmiy rahbar; Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shoanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi markaziy asab tizimida strukturaviy nuqsonlar shakllanishining prognostik mezonlarini aniqlash bilan gemostaz tizimi holati va serebral buzilishlar mexanizmlarini oldini olish va baholash buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipokoagulyasiyaga moyil faollashtirilgan kisman tromboplastin vakti parametrlarini xarakterlovchi gemostaz buzilishlari bilan gestatsiya davri muddati orasida bogliklik aniklangan;
muddatdan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda jigar morfo-funksional etishmovchiligi sababli rivojlangan gipokoagulyasiyaga moyil faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti parametrlari uzayishi markaziy nerv tizimi perinatal shikastlanish klinik ko‘rinishlarining og‘irlik darajasiga ta`siri aniqlangan;
muddatdan avval tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi kunidan old miya va orqa miya arteriyalari basseynida qon oqimi sekinlashishi xamda Galen venasi bo‘ylab qon aylanishi buzilishining xisobiga nevrologik asoratlar rivojlanishi aniqlangan;
muddatdan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy nerv tizimining perinatal shikastlanishlarini erta aniqlashga yondashuv gemostaz buzilishlariga boglik xolda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Markaziy asab tizimida strukturaviy nuqsonlar shakllanishining prognostik mezonlarini aniqlash bilan gemostaz tizimi holati va serebral buzilishlar mexanizmlarini oldini olish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
markaziy nerv tizimi perinatal shikastlanishi rivojlanishini erta tashxisot usullarini optimallashtirish buyicha ilmiy tadkikotning natijalari asosida ishlab chikilgan «Neyrosonografiya va dopplerografiya ma’lumotlari asosida MNT PSh rivojlanishining dastlabki belgilarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma muddatdan avval tugilgan bolalarda tashxisot, differensial tashxisot va adekvat davolash sifatini oshirish imkonini bergan;
muddatdan avvalgi tugilgan bolalarda MNT PSh rivojlanishining dastlabki belgilarini tashxislash bo‘yicha tadqiqot natijalari Respublika perinatal markazi va Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 08-20533-son ma’lumotnomasi). Tadkikot natijalarini amalga oshirish vaqtidan ilgari tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy nerv tizimi perinatal shikastlanishini erta tashxislash imkonini bergan.