Gazieva Shoxida Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovid -insul`tning erta tiklanish davrida nevrologik defisit va kognitiv funksiyalar dinamikasining xususiyatlari. Reabilitatsiya terapiyasini optimizatsiyalashtirish », 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2261.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Koval`chuk Vitaliy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nevrologik va kognitiv defisitlar dinamikasini xususiyatlarini postkovid bemorlardagi ishemik insul`tning erta tiklanish davrida, modifikatsiyalashtirilgan tibbiy va tibbiy bo‘lmagan reabilitatsiya terapiyasi dasturlarining samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-insul`tdan keyingi nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlarning buzilishida bemorlarning qonida koronavirus infeksiyasi BDNF ishlab chiqishini ingibisiya qilishi xisobiga neyrotrofinning pasayishi va kortizol mikdorining oshishi aniqlangan;
reabilitatsiya davrida COVID-insul`tdan keyingi bemorlarda nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlarning buzilishi bilan periferik qonida BDNF neyrotrofin va kortizolning miqdoriy o‘zgarishlari orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
COVID-insul`tdan keyingi bemorlarda BDNF neyrotrofin oshishi va kortizolning pasayishi reabilitatsion davoning samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
COVID-insul`tdan keyingi nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlarning buzilishida dori bilan va dorisiz davolash taktikasining muddati aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-insul`tning erta tiklanish davrida nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlar dinamikasi, reabilitatsiya terapiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-insul`tning erta tiklanish davrida nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlar dinamikasi, reabilitatsiya terapiyasini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Insultdan keyingi kognitiv buzilishlar rivojlanishini prognozlash usuli» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20200026, 21.01.2021). Natijada COVID-insul`tning erta tiklanish davrida nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlar dinamikasi, reabilitatsiya terapiyasini samaradorligini baholash imkonini bergan;
COVID-insul`tning erta tiklanish davrida nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlar dinamikasi, reabilitatsiya terapiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Postkovidli bemorlarda ishemik insul`tning ikkilamchi profilaktikasiga dorivor va dorivorsiz yondashuvlar» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 maydagi 8n–z/222–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma reabilitatsiya tadbirlari majmuasiga LFK terapiyasini, shuningdek, antioksidantlar va antikoagulyantlarni reabilitatsion choralarini majmuasiga intensiv kiritish insul`tdan keyingi davrda tiklanish mexanizmlarini rivojlantirishni tezlashtirish va bemorlarning reabilitatsiya davrini qisqartirish imkonini bergan;
COVID-insul`tning erta tiklanish davrida nevrologik etishmovchilik va kognitiv faoliyatlar dinamikasi, reabilitatsiya terapiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi I.Irgashev nomidagi 4-shahar klinik shifoxonasi va Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 08-20532–son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini ishemik insul`t bilan kasallangan postkovid bemorlarda dori-darmonli va dori-darmonsiz terapiyani qo‘llash orqali reabilitatsiya vaqtini, asoratlarni va kasallikning o‘limga olib keladigan oqibatlarini qisqartirish imkonini bergan.