Kenjaeva Nargiza Soatmo‘minovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asrning 20–30-yillarida Pomirga uyushtirilgan ekspedisiyalar (rivojlanish bosqichlari, yutuqlar va muammolar)», 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar499.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 (bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Baxtiyor Miraimovich, tarix fanlari doktori; Raxmankulova Matluba Boyxurozovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 20–30-yillarida Pomirga uyushtirilgan ekspedisiyalarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1920 yillarda Pomirga uyushtirilgan dastlabki ilmiy ekspedisiyalar Turkiston davlat universiteti va O‘rta Osiyo davlat universitetlarida faoliyat yuritgan O‘rta Osiyoning umumiy geografiyasi va madaniyatiga oid bilimlarni o‘zlashtirgan mutaxassislardan tashkil topganligi sababli hudud sovet hukumatining asosiy qiziqishi bo‘lgan geologik yoki biologik jihatdangina emas, balki geografik va madaniy (etnografik va lingvistik) jihatdan ham tadqiq etilganligi aniqlangan; 
sovet hukumatining Pomirga bo‘lgan munosabati ilmiy ekspedisiyalar rejalariga ta’sir qilganligi, jumladan, dastlab geografik va madaniy bilimlar yig‘ishga ko‘proq e’tiborga berilgan bo‘lsa, keyinchalik iqtisodiyotda asosiy o‘rin tutgan geologiya va qishloq xo‘jaligi sohalariga oid ma’lumotlar to‘planganligi asoslangan;
Pomirga uyushtirilgan Sovet-German kabi qo‘shma yoki Turkiston davlat universiteti, O‘rta Osiyo davlat universiteti va Tojikiston SSR ilmiy muassasalari tomonidan olib borilgan alohida ekspedisiyalar mustaqil holda tayyorgarlik ko‘rsada, ularning faoliyati va olingan natijalari SSSR Fanlar akademiyasi tomonidan nazorat qilib turilganligi ochib berilgan; 
1930 yillarda sovet hokimiyati tomonidan Tojikiston SSR dan iqtisodiy rejalarni bajarish talab qilinishi natijasida Pomir ekspedisiyalari faqatgina ilmiy o‘rganishlar bilan chegaralanib qolmasdan, hududdagi tabiiy boyliklarni ekspluatatsiya qilishga kirishganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 20–30-yillarida Pomirga uyushtirilgan ilmiy ekspedisiyalar tarixini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
1920 yillarda Pomirga uyushtirilgan dastlabki ilmiy ekspedisiyalar Turkiston davlat universiteti va O‘rta Osiyo davlat universitetlarida faoliyat yuritgan O‘rta Osiyoning umumiy geografiyasi va madaniyatiga oid bilimlarni o‘zlashtirgan mutaxasislardan tashkil topganligi sababli hudud sovet hukumatining asosiy qiziqishi bo‘lgan geologik yoki biologik jihatdan emas, balki geografik va madaniy (etnografik va lingvistik) jihatdan tadqiq etilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining “O‘zbekiston sovet totalitar tuzumi davrida” bo‘limlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zR FAning 2021 yil 6 dekabrdagi 3/1255-3400-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarga va ilmiy tadqiqotchilarga XX asrning 20–30-yillarida Pomirga uyushtirilgan ekspedisiyalar hamda mintaqada ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikning rivojlanishi, tog‘-kon sanoatining shakllanishi bo‘yicha aniq tasavvurlarga ega bo‘lish imkonini bergan;
sovet hukumatining Pomirga bo‘lgan munosabatini o‘zgarishi ilmiy ekspedisiyalar rejalariga ta’sir qilganligi, jumladan, dastlab geografik va madaniy bilimlar yig‘ishga ko‘proq e’tiborga berilgan bo‘lsa, keyinchalik iqtisodiyotda asosiy o‘rin tutgan geologiya va qishloq xo‘jaligi sohalariga oid ma’lumotlar to‘planganligiga oid natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda, shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “Sovet tuzumi davrida fan, maorif va madaniyat xodimlarining qatag‘on qilinishi”ga bag‘ishlangan bo‘limlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 6 noyabrdagi 210-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi XX asrning 20–30-yillarida Pomirga uyushtirilgan ekspedisiyalarda ishtirok etgan olimlardan, N.V. Krilenko, M.S. Andreev, A.A. Semyonov, N.P. Gorbunovlarning qatag‘on qilinishiga oid ekspozisiyaning yanada qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish