Berdiqulov Mirolim Tugalvoyvichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘da-1 neolit makoni (texnik-tipologik tadqiqot)”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1064.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Baxtiyor Qurbonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Mirsoatova Sayyora Turg‘unovna, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi To‘da-1 g‘or makonining arxeologik materiallarini ilmiy muomalaga kiritish, yodgorlikning madaniy-davriy xususiyatlarini va bu erda yashagan ibtidoiy jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy va kundalik turmush tarzini hamda O‘rta Osiyo neoliti madaniyatlari tizimida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekiston hududi ilk golotsen davrida To‘da-1 g‘ori misolida funksional jihatdan O‘rta Osiyoda sopol ishlab chiqarishgacha bo‘lgan ilk neolit davrining mavsumiy qo‘nalgohi bo‘lganligi aniqlangan;
To‘da-1 makoni tosh majmualari asosida qadimgi aholi sifatli tosh xom ashyosining tanqis sharoitlarida yashaganliklari, uni iqtisod qilganliklari va bu holat tosh industriyasining taraqqiyotiga sezilarli ta’sir etganligi isbotlangan;
To‘da-1 g‘orining radiokarbon tahlillari natijasida qadimdayoq ungurning tom qismida hosil bo‘lgan tuynukdan oqib tushgan yog‘ingarchilik suvlari sabab madaniy qatlamning aralashib ketganligi aniqlangan;
To‘da-1 g‘ori tosh industriyasining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida keng zarb maydondan tanovorlarning ensiz tomonlaridan kalta proporsiyali uchirindilar chaqmoqlab olish an’anasi mavjud bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘da-1 makoni tosh industriyasini texnik-tipologik o‘rganish jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy O‘zbekiston hududi ilk golotsen davrida To‘da-1 g‘ori misolida funksional jihatdan O‘rta Osiyoda sopol ishlab chiqarishgacha bo‘lgan ilk neolit davrining mavsumiy qo‘nalgohi bo‘lganligi, shuningdek To‘da-1 makoni tosh majmualari asosida qadimgi aholi sifatli tosh xom ashyosining tanqis sharoitlarida yashaganliklari, uni iqtisod qilganliklari va bu holat tosh industriyasining taraqqiyotiga sezilarli ta’sir etganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 apreldagi 02-31-769-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar teletomashabinlarga tosh davrida yashagan ibtidoiy odamlarning tarixi, moddiy va madaniy hayotini o‘rganishlarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
To‘da-1 g‘orining radiokarbon tahlillari natijasida qadimdayoq ungurning tom qismida hosil bo‘lgan tuynukdan oqib tushgan yog‘ingarchilik suvlari sabab madaniy qatlamning aralashib ketganligi, shuningdek To‘da-1 g‘ori tosh industriyasining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida keng zarb maydondan tanovorlarning ensiz tomonlaridan kalta proporsiyali uchirindilar chaqmoqlab olish an’anasi mavjud bo‘lgan materiallardan Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyida vohaning eng qadimgi tarixi bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil qilishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 31 martdagi 01-12/809-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanab o‘tilgan ashyolar muzey eksponatlari qatoridan o‘rin olib, tashrif buyuruvchilarga Janubiy O‘zbekiston hududida yashagan yangi tosh davri aholisining hayot tarzi, toshga ishlov berish texnologiyalari, xo‘jaligi va madaniy hayoti to‘g‘risida to‘liq tasavvurlar beruvchi manba bo‘lib xizmat qilgan.