Sayfullaev Baxtiyor Qurbonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Zarafshon vohasi tosh davri madaniyatlari (Zirabuloq topilmajoyi materiallari asosida)», 07.00.06 - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar248.
Ilmiy rahbar: Shirinov Temur Shirinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Sulaymonov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi tahlilning yangi, zamonaviy texnik-tipologik va morfologik usullar yordamida Zirabuloq topilmajoyi arxeologik materiallarini madaniy-davriy xususiyatlarining haqqoniy talqinlarini ishlab chiqish va yodgorlikning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rnini hamda Zirabuloqni ibtidoiy aholisining madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va kundalik turmush tarzini ochib berishdan iborat. 
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zirabuloq topilmajoyi tosh ashyolari orasida tishsimon elementlarning postdepozision va mexanik xarakterga egaligi asosida ularning o‘rta paleolit davri madaniyatlarining parallel levallua-muste varianti ekanligi aniqlangan; 
O‘rta Zarafshon vohasida so‘nggi paleolit davrining boshlariga oid tosh qurollar majmualarida  o‘rta va so‘nggi paleolit davri industriyalari o‘rtasida texnik-tipologik va madaniy vorisiylikning mavjudligi aniqlangan;
Zirabuloqning ilk so‘nggi paleolitga oid industriyasi majmuasi ko‘p jihatdan G‘arbiy Evropaning orinyak madaniyati materiallariga o‘xshashligi asoslangan;
 Zirabuloq aholisining xo‘jalik turi-ovchilik, termachilik shuningdek baliqchilik bo‘lganligi isbotlangan;
Zirabuloqda so‘nggi paleolit davrida tosh qurollarga ishlov berish texnikasida, jumladan, tosh qurollarga ishlov berishda retushlarning tartibliligi, parallelligi va tizimliligi, shuningdek, tosh sindirish texnikasida engil tosh ushatg‘ichning qo‘llanila boshlanishida  katta evolyusion o‘zgarishlar ro‘y berganligi isbotlangan; 
Tosh majmualari orasida aniqlangan mikroplastinkalar va plastinalarni vositachi yoki ezish texnikasi yordamida chaqmoqlab olinganlari hamda tosh qurollari orasida gardishsimon qirg‘ichchalar, konvergent shaklli mitti qirg‘ichlar, ayrim kesgichlar, geometrik trapesiya hamda uchburchak qurollarning mavjudligi Zirabuloqda mezolit davrida hayot davom etganligi dalillangan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Zarafshon vohasi tosh davri madaniyatlari (Zirabuloq topilmajoyi materiallari asosida) mavzusidagi  dissertatsiya  bo‘yicha  qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Zirabuloq topilmajoyi tosh ashyolari orasida tishsimon elementlarning postdepozision va mexanik xarakterga egaligi asosida ularning  o‘rta paleolit davri madaniyatlarining parallel levallua-muste varianti ekanligi  to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida “Ko‘hna manzillar” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat muassasasining 2022 yil 19 iyuldagi 01-06-1138-son ma’lumotnomasi). Natijada  tomoshabinlarning O‘rta Zarafshon vohasi tosh davri tarixi, moddiy va madaniy hayotiga doir yangi ma’lumotlarni egallashlariga xizmat qilgan;
O‘rta Zarafshon vohasida so‘nggi paleolit davrining boshlariga oid tosh qurollar majmualarida  o‘rta va so‘nggi paleolit davri industriyalari o‘rtasida texnik-tipologik va madaniy vorisiylikning mavjudligi, shuningdek Zirabuloqning ilk so‘nggi paleolitga oid industriyasi majmuasi ko‘p jihatdan G‘arbiy Evropaning orinyak madaniyati materiallariga o‘xshashligi to‘g‘risidagi xulosalar, taklif va tavsiyalardan madaniy merosimizni saqlash va uni kelajak avlodga bus-butun etkazish, turizm sohasini rivojlantirish borasidagi xalqaro “Oltin meros” fondi amaliy tadbirlarini o‘tkazishda, istiqboldagi rejalarini belgilashda keng foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 12 iyuldagi 01-26-24.06/22-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning boy o‘tmish merosimiz tarixiga doir yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilgan;
Zirabuloq aholisining xo‘jalik turi-ovchilik, termachilik shuningdek baliqchilik bo‘lganligi   to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar institutida 2010-2012 yillarda bajarilgan FA-F-1-001-“Qo‘qon shaxri va uning atrofini arxeologik o‘rganish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi asosidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 1 avgustdagi 3/1255-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududida qadimgi aholining xo‘jalik turmush tarzi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilgan.
Zirabuloqda so‘nggi paleolit davrida tosh qurollarga ishlov berish texnikasida, jumladan, tosh qurollarga ishlov berishda retushlarning tartibliligi, parallelligi va tizimliligi, shuningdek, tosh sindirish texnikasida engil tosh ushatg‘ichning qo‘llanila boshlanishida  katta evolyusion o‘zgarishlar ro‘y berganligi,shuningdek tosh majmualari orasida aniqlangan  mikroplastinkalar va plastinalarni vositachi yoki ezish texnikasi yordamida chaqmoqlab olinganlari hamda tosh qurollari orasida gardishsimon qirg‘ichchalar, konvergent shaklli mitti qirg‘ichlar, ayrim kesgichlar, geometrik trapesiya hamda uchburchak qurollarning majmuasidan  Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasida va uning Paxtachi tumani tarixi filialida ekspozisiyalarni yaratilishida keng foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 19 iyuldagi 02-01/2149-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey eksponatlari orasidan joy olgan ushbu ashyolar muzeyga tashrif buyuruvchilarga O‘rta Zarafshon vohasida yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, toshga ishlov berish texnologiyalari, xo‘jaligi va madaniy hayoti haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlarida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish