Toxtamuratov Dilshod Midxatovichning
ixtiroga patent asosida dissertatsiya himoyasisiz 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Olovbardosh va mustahkam qurilish materiallarini olish texnologiyasini yaratish va fizik-mexanik xususiyatlarini tadbiq etish”, 05.10.02 - Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi (texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2025.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Madjidov Inom Urishevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy mineral xom ashyolar asosida yaratilgan yuqori olovbardosh va issiqlikdan himoyalash xususiyatiga ega bo‘lgan qurilish  materiallarini yangi tarkiblari va ularni tayyorlash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xom ashyolar dolomit, kal`siy karbonat, alyuminiy oksidi, natriyli suyuq shisha va mikrokremnezyomlar asosida ishqoriy va kislotali sharoitlarda g‘ovakdor strukturali yangi silikat tarkiblar olingan va ular asosida yuqori darajadagi termik va olovbardosh bo‘lgan plitkali qurilish materiallarini yangi turdagi namunalari olingan;
tanlab olingan asosiy komponentlar dolomit va alyuminiy oksidlarining disperslik darajasi, miqdoriy nisbatlari hamda ishqoriy va kislotali sharoitlardagi xossalarining o‘zgarishlarini tadqiq qilish va optimal qiymatlarini topish orqali kerakli darajadagi g‘ovakdorlik va olovbardoshlikga ega bo‘lgan silikat tarkibli materiallar olish usullari takomillashtirilgan;
mahalliy xom ashyolar dolomit, kal`siy karbonat, alyuminiy oksidi, natriyli suyuq shisha va mikrokremnezyomlar asosida o‘ziga xos kimyoviy tarkib va g‘ovakdor struktura xosil bo‘lishi hisobiga yangi materiallarning olovbardoshliligining yuqori darajaga etishiga hamda bino va inshootlarning o‘ziga xos yong‘inlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash samaradorligi parametrlarining oshirilganligi asoslangan; 
yuqori dispersli dolomit, kal`siy karbonat va alyuminiy oksidlari, natriyli suyuq shisha, mikrokremnezyomlar asosida olingan g‘ovakdor silikat tarkiblar va ular asosida plitkali qurilish materiallarini ishlab chiqarishning optimal sharoitlarini aniqlash orqali g‘ovakdor strukturali, yuqori harorat ta’siriga bardoshli, ekologik toza qurilish materiallarining energiya tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Olovbardosh va mustahkam qurilish materiallarini olish texnologiyasini yaratish va fizik-mexanik xususiyatlari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xom ashyo dolomit minerallari, natriyli suyuq shisha va boshqa qo‘shimchalar asosida olingan yangi turdagi olovbardosh qurilish materiallarining yangi tarkibli namunalari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tasarrufidagi korxonalariga ishlab chiqarish uchun joriy qilingan.  (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 14 apreldagi 17-06/3762-son ma’lumotnomasi).  Tadqiqotlar natijasida olovbardosh va mustahkam qurilish materiallarini olish texnologiyasini yaratish va fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash imkoniyatini bergan. Ekologik toza qurilish materiallarining energiya tejamkor texnologiyasi olish usulari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish