Mamadalieva Zulfiya Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tapmog‘i nomi): “O‘zbekiston iqlim sharoitida energiya va bioo‘g‘it oladigan biogaz qurilmalarning ishonchliligini baholash”, 05.05.06 - «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi buyicha.
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan rakam: V 2018.2.PhD/T522.
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jahonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Fapg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Alinazarov Alisher Xaydaralievich, texnika fanlari nomzodi, professor; Vohidov Akmal Ulashevich, texnika fanlari buyicha PhD.
Yetakchi tashkilot: Buhoro Davlat universiteti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqlim sharoitida energiya va bioo‘g‘it oladigan biogaz qurilmalarning ishonchliligini baholash orqali samarador va uzluksiz ishlashini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biogaz qurilmalarning shakli, yuklanish uslubi, joylashuvi, aralashtirish turi, isitish tizimi, bijitish rejimi va material turini hisobga olgan holda doimiy tashhis qo‘yish imkonini beruvchi, ishlash va to‘xtash sabablari o‘rtasidagi alomatli bog‘liqliklarni ifodalovchi matrisa yaratilgan;
zahirali tiklanmaydigan va tiklanadigan biogaz qurilmalari uchun Markov jarayoni ishonchlilik modeli asosida tiklanish va to‘htash chastotasidagi bog‘liq holda bashorat qilinayotgan to‘xtashlar jadalligi, to‘xtashlar orasidagi o‘rtacha vaqt va ishonchlilik koeffisientini aniqlash uchun matematik ifoda olingan;
ilk bor iqlim omillari bo‘lgan atrof-muhit harorati va havo namligining agressiv muhiti hisobiga biogaz qurilmasining tizimi va jihozlarning turli bo‘g‘inlarida tadrijiy to‘xtashlarni yuz berish ehtimolligi ishlab chiqilgan;
ilk bor biogaz qurilmalarni loyihalash davrida qurilmalarning ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ehtimolli- mantiqiy modeli sifatida to‘xtash va ishonchliligini baholash usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston iqlim sharoitida energiya va bioo‘g‘it ishlab chiquvchi biogaz qurilmalarning ishonchliligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Organik chiqindilarni qayta ishlovchi 30 m3 biogaz qurilmasini loyihalashtirish va ishga tushirish davrida qurilmaning ishonchli va to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uslubiyoti joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 maydagi 07/33–2865-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda biomassani qayta ishlash uchun sarflanadigan 414,5 kVt∙soat elektr energiyasini tejalishiga erishilgan.
O‘zbekiston iqlim sharoitida 10, 30, 50, 180 m3 biogaz qurilmalarni loyihalashtirish davrida tizimni to‘xtashiga ta’sir etuvchi omillar ahamiyatini aniqlovchi dasturiy ta’minoti joriy etilgan (“DIO ARX PROJECT” MChJning 11.01.2021 № 01-11/2021 sonli dalolatnomasi, “MOVIY-SADAF” x/k.ning 2020 yil «24» dekabrdagi Lis. AL 000201 № 134_sonli dalolatnomasi, “Salovat-Sifat loyixa” MChJning 2021 yil 21 maydagi 61-1/1 sonli dalolatnomasi, Suvloyixa DUK ning 2021 yil 12 yanvardagi №3-sonli dalolatnomasi). Natijada an’anaviy tizimda loyihalashtirilgan qurilmaga nisbatan modernizatsiya va ekspluatatsion xarajatlarni 5 248 976 so‘m iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.