Muxitdinov Otabek Odil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Improving the reliability of internal combustion engines of passenger cars by improving the properties of motor oils with antimicrobial additives», 05.08.06 – «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2002.
Ilmiy rahbar: Tashpo‘latov Marvar Mukadirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlar doktori, professor.
Mo‘minjonov Nig‘mat Muximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki yonuv dvigateli detallarining ishonchligini oshirish uchun mikroblarga qarshi qo‘shimchalarni tanlash yo‘li bilan moylarning fizik-kimyoviy va ishlatish xossalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Engil avtomobil IYoDlarining bevosita issiq iqlim sharoitida ishlashida motor moylarining asosiy fizik-kimyoviy va ishlatish xossalariga mikroorganizmlarning ta’siri ostida zararlanishi asoslangan;
moylarda ekspluatatsiya sharoitlarida ularning mikroorganizmlarga bardoshliligini ta’minlaydigan mikroblarga qarshi qo‘shimchalarning samarali konsentratsiyasi aniqlangan;
mikroblarga qarshi qo‘shimchalarning motor moylari xossalari tavsiflarining parametrlariga ta’sir mexanizmi belgilandi va moylarning fizik-kimyoviy va ishlatish xossalarining maqbul parametrlarini ta’minlaydigan konsentratsiya diapazonlari aniqlangan;
Motor moyi va fil`trlarga mikroorganizmlarning ta’sir mexanizmi xisobga olingan xolda almashtirish muddatlari uchun tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Motor moylarining xususiyatlarini mikroblarga qarshi qo‘shimchalar bilan yaxshilash orqali engil avtomobillarning ichki yonuv dvigatellarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
motor moylaridagi mikroorganizmlarga qarshi qo‘shimchalarni qo‘llash Andijon viloyatidagi “Andijon Avtotexxizmat” MChJ da joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2021 yil 07-dekabrdagi № 09/06-25-2234-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida nazorat ostiga olingan engil avtomobillarning motor moyi resursi, yurish masofasi 7-8 ming kmdan 12 ming kmgacha oshirish imkonini bergan;
mikroblarga qarshi qo‘shimchalarni yonilg‘i-moy mahsulotlarida qo‘llanilishi «Uz-Dong Yang Ko» MChJ O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasida joriy etilgan. (“O‘zavtosanoat” AJning 2021 yil 07-dekabrdagi № 09/06-25-2234-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zavodning gidravlik termoplast avtomatlari ish resurlarini 10-15% gacha va gidravlik moylarning xizmat muddatini 5-7% gacha, shuningdek texnik xizmat ko‘rsatish hajmini qisqartirish, moy va boshqa elementlar tejalishini 6-7% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish