Allamuratova Ayjamal Jumamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotasi bilan qayta ishlash asosida fosforli va azotkal`siyli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T166.
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past navli Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitratkislotali qayta ishlash asosida konsentrlangan fosforli, suyuq azotkal`siyli o‘g‘itlar va kimyoviy cho‘ktirilgan kal`siy karbonatini olishning chiqindisiz samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ammoniy va kal`siy nitratlari, karbonatlari va fosfatlari ishtirokida geterogen fazali muvozanatdagi suvli sistemalarda qattiq fazalarning mavjud bo‘lishining konsentratsion va harorat chegaralari aniqlangan;
AKN aylanma eritmalari bilan karbonatli fosforitlarning kal`siy modulini kamaytirish bilan bir vaqtda suspendirlangan o‘g‘itlar olish usuli ishlab chiqilgan;
kal`siy nitratini ammoniy karbonat tuzlari bilan konversiya qilish aylanma ammoniy nitrati eritmasi va kimyoviy faollashgan kal`siy karbonatini olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
dastlabki ishlov berilgan fosfat xomashyosini nitrat kislotasi bilan parchalash jarayoniga texnologik parametrlar ta’siri aniqlangan bo‘lib, AKN ishtirokida nitratkislotali ekstraktni ammoniylashtirish va birlamchi fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasi yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitratkislotali qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boyitilmagan fosforitlarni fosforli va suyuq azotkal`siyli o‘g‘itlarga kompleks qayta ishlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05335, 2007 y.). Natijada tannarxi bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan o‘g‘it – nitrofosga nisbatan 1,5–2 barobar arzon bo‘lgan konsentrlangan fosforli o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
presipitat tipidagi fosforli o‘g‘itlar va suyuq azotkal`siyli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Samarqandkimyo» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 29 yanvardagi 01/3-401/P-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori karbonatli past navli fosforitlarni nitrat kislotasida yuqori iqtisodiy samaradorlik bilan qayta ishlash asosida konsentrlangan fosforli hamda suyuq o‘g‘itlarni ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.