Yo‘ldoshev Raximjon Rafuqjon o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chigitni qatorlab, qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkaning konstruksiyasini yaratish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2315
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasirov Ilxom Zokirovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkaning konstruksiyasini yaratish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalka asosiy ish organlarining parametrlari va ularning tortishga qarshiligi qiymatini tadqiq etish qonuniyatlari yaratilgan;
chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalka asosiy ish organlari parametrlarining maqbul qiymatlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkaning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Paxta va soya urug‘ini parallel ekuvchi seyalka» foydali modeliga O‘zbekiston Republikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan («Paxta va soya urug‘ini parallel ekuvchi seyalka», № FAP 01901 – 2020 yil). Natijada chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkasining konstruktiv sxemasi ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkaning samaradorligini hisobga olgan holda hamda bunday seyalkaning konstruksiyasini yaratish dolzarb masala ekanligiga e’tibor bergan holda uning sanoat nusxasini Toshkent «TEXNOLOG» AJ zavodi tomonidan tayyorlash uchun qabul qilingan. Seksiyali seyalkaning tayyorlangan sanoat nusxasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi qishloq xo‘jalik texnikasi va texnololgiyalarini sertifikatlash va sinash markaziga qabul qilindi, sinovdan muvaffaqqiyatli o‘tdi va Toshkent «TEXNOLOG» AJ hamda «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJ tomonidan ishlab chiqish va tayyorlash uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olindi;
chigitni qatorlab yoki qo‘shqatorlab ekuvchi kombinatsiyalashgan seksiyali seyalkaning tajribaviy nusxasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Axborot maslahat markazi» DUK ning tajriba xo‘jaligi va Andijon Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining tajriba xo‘jaliklarida hamda Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi № 07/24-04/6797-son ma’lumotnomasi);