Abdullabekov Islombek A’lobekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalarining suv ko‘taruvchi agregatlarini chastota bilan rostlanadigan elektr yuritmalar asosida energiya samarador boshqarish tizimlarini ishlab chiqish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1324.
Ilmiy rahbar: Sapaev Xushnud Babajanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat axborat texnologiyalari universiteti” 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alohida va umumiy quvurga ishlaydigan nasos agregatlarini chastota bilan rostlanadigan elektr yuritmalari asosida nasos stansiyasining energetik samaradorligini oshirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasi iste’molining solishtirma sarfini eng kam qiymatlarini ta’minlash mezoni asosida nasos stansiyasini boshqarish usuli takomillashtirilgan;
“chastota o‘zgartirgich – asinxron dvigatel – nasos – bosimli quvur” tizimining suv bosimini barqarorligini hisobga olgan holda talab etilgan suv miqdorini etkazib berishni ta’minlash asosida nasos agregatlarini optimal boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan; 
sug‘orish nasos stansiyasi avankamerasidagi suv sathini o‘zgarishini hisobga olgan holda talab etilgan suv miqdorini etkazib berish grafigi asosida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
suv ta’minoti nasos stansiyasining umumiy bosim quvuridagi talab etilgan suv bosimini barqarorligini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nasos stansiyalarining suv ko‘taruvchi agregatlarini chastota bilan rostlanadigan elektr yuritmala-rining energiya samarador boshqarish tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
nasos agregatini chastota bilan rostlanadigan elektr yuritmasi “Chilonzor suv taqsimlash inshooti” nasos stansiyasida joriy etildi (“O’zsuvta’minot” AJ ning 2022 yil  6 iyundagi №2/24-1513-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yillik iqtisodiy samaradorlik 124 624 000 (bir yuz yigirma to‘rt million olti yuz yigirma to‘rt ming) so‘mni tashkil etgan;
nasos stansiyasini boshqarish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan Ixtiro uchun patent olingan (№ IAP 06640; 2021y.). Natijada chastota bilan rostlanadigan alohida bosim quvuriga ishlovchi nasos agregatlarini talab etilgan suv miqdori grafigi va etkazib beriladigan suv miqdori grafiklari o‘zaro tengligi ta’minlashga erishildi;
nasos stansiyasini boshqarish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan Ixtiro uchun patent olingan (№ IAP 07007; 2022y.). Natijada chastota bilan rostlanadigan umumiy bosim quvuriga parallel ishlovchi nasos agregatlarini quvurdagi talab etilgan suv bosimning kerakli qiymatini barqaror saqlashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish