Usmanbekova Gulmira Kadirbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stomatologik muassasalar o‘rta tibbiy xodimlarining faoliyatida diplomdan keyingi ta’limni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.3.PhD/Tib1441.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Detochkina Violetta Robertovna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi); Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi stomatologiya ixtisosligidagi o‘rta tibbiy xodimlarning diplomdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stomatologiya sohasidagi ishlayotgan tish texniklar va stomatolog yordamchilarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yishning samaradorligi ilmiy asoslangan;
ilk bor diplomdan keyingi ta’lim tizimida stomatolog yordamchilarining malakaviy saloxiyatini oshirishda individual o‘quv rejani bajarish kasbiy faoliyat jarayoni sifatiga ijobiy ta’siri ijtimoiy so‘rovnomalar asosida isbotlangan;
diplomdan keyingi ta’lim tizimida stomatolog yordamchilarini raqamlashtirilgan dasturiy platforma orqali attestatsiyadan o‘tkazish, ustuvor usul ekanligi ilmiy asoslangan;
ilk bor amaliyotda stomatolog yordamchilarining boshlang‘ich kasbiy tayyorgarligining tegishli darajasini bosqichma-bosqich baholash usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
stomatologik muassasalar o‘rta tibbiy xodimlarining faoliyatida diplomdan keyingi ta’limni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilgan:
stomatologik muassasalar o‘rta tibbiyot hodimlarini diplomdan keyingi ta’limi holatini o‘rganish va kamchiliklarini aniklash bo‘yicha olib borilgan tadqikotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘rta tibbiy xodimlarni diplomdan keyingi ta’limini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-d/9–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash amaliyotiga stomatologiya muassasalarining o‘rta tibbiyot xodimlari misolida diplomdan keyingi o‘quv jarayonini takomillashtirish, muqobillashtirish, sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator o‘quv-uslubiy tavsiyalarni kiritish imkonini bergan;
uzluksiz tibbiy talim tizimida mavjud bo‘lgan ishdan ajralgan va ishdan ajralmagan (distansion) o‘qitish shakillarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqikotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Diplomdan keyingi ta’limdagi malaka oshirish sikllarida stomatologik yo‘nalishdagi o‘rta tibbiy xodimlarni distansilon ta’limi va kunduzgi tayyorgarligining qiyosiy tahlili” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-d/10 –son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘rta tibbiyot xodimlarining diplomdan keyingi ta’lim tizimi darajasida o‘quv jarayoni sifatini oshirishga imkon bergan;
stomatologik muassasalar o‘rta tibbiy xodimlarining faoliyatida diplomdan keyingi ta’limni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 7-stomatologiya poliklinikasi, Nukus shahridagi Respublika stomatologiya poliklinikasi, Farg‘ona viloyati Viloyat stomatologiya klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 fevraldagi 8n-z/48-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sog‘liqni saqlash amaliyotida faoliyat yurituvchi o‘rta tibbiyot xodimlari misolida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida malaka oshirishning yuqori sifat va samaradorligiga erishish va natijada tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini bergan.