Ergashev Azamat Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro xususiy huquqda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu116.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Jaxongir Inomovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro xususiy huquqda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatishni takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyat ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa faqatgina sudning qaroriga ko‘ra yuridik shaxs tugatilishi mumkinligi asoslangan;
to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish – yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko‘rsatilganligi yoki o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar etkazish ekanligi asoslab berilgan;
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon kredidorlarni xabardor qilish zarurligi sababli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi shartligi asoslangan;
yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi kerakligi hamda ushbu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi kerakligi asoslab berilgan;
qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularga qulaylik yaratish maqsadida qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari yuridik shaxslar joylashgan joydagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro xususiy huquqda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
faoliyat ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa sudning qaroriga ko‘ra yuridik shaxs tugatilishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-592-son Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 53-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 11-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi yuridik shaxsni yuridik shaxsni majburiy tugatishni samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko‘rsatilganligi yoki o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar etkazish ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida” qonuning 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 29 apreldagi 04/1-11/567-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi yuridik shaxs tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish, uning shakllarini aniq belgilashga xizmat qilgan;
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon kredidorlarni xabardor qilish zarurligi sababli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi shartligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-592-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 55-moddaning birinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 11-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi yuridik shaxsni tugatishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini  ta’minlashga xizmat qilgan;
yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi kerakligi hamda ushbu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-592-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 55-moddaning ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 11-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi yuridik shaxsni tugatishda kreditor manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularga qulaylik yaratish maqsadida qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar joylashgan joydagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi haqidagi oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 12-18-7-son dalolatnomasi). Ushbu taklif qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni hal etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish