To‘xtabaev A’zamjon Sharipxo‘jaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda aviatransport tarixi (XX asr va XXI asr boshlari)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar338.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich. tarix fanlari doktori, professor; Tog‘aeva Anoroy Zayniddinovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aviatransport tarmog‘i rivojini sovet hokimiyati va mustaqillik davri misolida aniqlab, uning taraqqiyot tendensiyalarini, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish tarixini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston aviatransport tizimida 1924 yildan mahalliy, 1927 yildan xalqaro havo yo‘li tarmog‘ining vujudga kelganligi, XX asrning 20-yillaridan aeroportlarning barpo etila boshlanganligi, mustaqillik yillarida havo transporti tizimining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Il-114 mahalliy, xorijiy Boening, Airbus samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi aniqlangan; 
aviatsiya tarmog‘ini rivojlantirish turli sohalarda mavjud imkoniyatlarni kengaytirgani, jumladan, 1924 yildan shoshilinch tibbiy tez yordam ko‘rsatish, bemorlarni evakuvatsiya qilish, transport harakati cheklangan hududlarga dori-darmonlar etkazish, XX asrning 30-yillaridan qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurash, 1946 yildan arxeologiyada aerofotos’yomka usuli hamda transport logistikasida samarali foydalanib kelingani asoslangan; 
Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi, samolyotsozlik infrastrukturasiga berilgan e’tibor, kadrlar masalasidagi chora-tadbirlar, jumladan, aviatsiya bilim yurti faoliyatini, oliy ta’lim muassasalarida uchuvchi mutaxassislar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi, samolyot ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, aviatexnik jihoz va uskunalarlarni modernizatsiyalash orqali parvozlar muntazamligi, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari samaradorligi ortganligi dalillangan;
O‘zbekistonda milliy turizmni yanada rivojlantirish maqsadida o‘rta va qisqa masofaga parvozni amalga oshiradigan aviatransportlarning yangi infratuzilmasini ommalashtirish, shuningdek, havo parkida zamonaviy, qulay samolyotlar sonini ortishi mahalliy liniyalarda qatnovlarning muntazamligini ta’minlashga olib kelganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda aviatransport tarixi ilmiy tadqiqoti natijasida olingan amaliy takliflar asosida:
aviatransport tizimida mahalliy, xalqaro havo yo‘li tarmog‘ini vujudga kelishi, XX asrning 20-yillardan aeroportlarning barpo etilishi, sanoat korxonalariga xomashyo tashishni “qulaylashtirish”, mustaqillik yillarida havo transporti tizimining huquqiy asoslarining mustahkamlanishi, samolyotlar qatnovi, parvoz xavfsizligi, yo‘lovchilarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani, aviatsiya tarmog‘ini rivojlantirish turli sohalarda mavjud imkoniyatlarni kengaytirgani, jumladan, shoshilinch tibbiy tez yordam ko‘rsatish, bemorlarni evakuvatsiya qilish, transport harakati cheklangan hududlarga dori-darmonlar etkazish, qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurash, arxeologiyada aerofotos’yomka usuli hamda transport logistikasida samarali foydalanib kelinganiga oid ma’lumotlardan «O‘zbekiston fuqaro transporti muzeyi» eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 10 maydagi 04-12-08-2388-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilarning aviatsiya tarixi bilan bog‘liq bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi, samolyotsozlik infrastrukturasiga berilgan e’tibor, kadrlar masalasidagi chora-tadbirlar, jumladan, aviatsiya bilim yurti faoliyatini, oliy ta’lim muassasalarida uchuvchi mutaxassislar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi, samolyot ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, aviatexnik jihoz va uskunalarlarni modernizatsiyalash orqali parvozlar muntazamligi, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari samaradorligi ortganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining O‘zbekistonda aviatransport sohasini tashkil etilganligining 100 yilligini nishonlash mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 14 iyuldagi 11/4575-son ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekistonda aviatransport sohasini tashkil etilganligining 100 yilligi»ni nishonlash mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning samarali tashkil etilishi va o‘tkazilishiga, ishtirokchilarning bu boradagi bilimlarini yanada ortishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda milliy turizmni yanada rivojlantirish maqsadida o‘rta va qisqa masofaga parvozni amalga oshiradigan aviatransportlarning yangi infratuzilmasini ommalashtirish, shuningdek, havo parkida zamonaviy, qulay samolyotlar sonini ortishi mahalliy liniyalarida qatnovlarning muntazamligini ta’minlashga olib kelishiga oid natijalardan «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2022 yil mart va may oylarida «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» nomli eshittirishlarni samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining 2022 yil 12 maydagi 04-36-601-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan ma’lumotlar asosida eshitirishlarning mazmunan boyishiga va tinglovchilarning bu boradagi bilimlarini ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish