Oxunjonova Shaxodatxon Yusubjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1991-2020 yillarda Toshkent bozorlaridagi o‘zgarishlar tarixi», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar545.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Maxmudovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Toshkent bozorlaridagi o‘zgarishlar, ularning o‘ziga xos o‘rni va aholi iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyot sohasidagi turg‘unlik, ishlab chiqarish darajasining pastligi va bojxona nazoratining sustligi tufayli Toshkent shahridagi bozorlarga mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Rossiya kabi davlatlardan olib kelingani, oqibatda moki savdogarchilik avj olgani aniqlanib, bu bir tomondan iste’mol mollarining tanqislik muammosini hal qilgani, ammo ikkinchi tomondan noqonuniy savdo aylanmasining kuchayishiga olib kelganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda bozorlar rivoji birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) ularning tashkiliy huquqiy asoslarining shakllangani, ikkinchi bosqichda (1997-2004 yillar) qadimiy savdo an’analariga ko‘ra, mahsulot turlari bo‘yicha ixtisoslashgan bozorlarning tarkib topishi, uchinchi bosqichda (2005-2011 yillar) bozorlarning moddiy texnik jihatdan mustahkamlangani, ularning faoliyatida sifat o‘zgarishlarining ro‘y berganligi, to‘rtinchi bosqichda (2011 yildan keyingi yillar) supermarketlarning ommalashishi kabi to‘rtta bosqichda kechganligi isbotlangan;
Toshkent bozorlarida mustaqillik yillarida tashkiliy-huquqiy o‘zgarishlar yuz bergani, ularning ochiq aksiyadorlik jamiyatlarga aylantirilishi, xizmatlarning elektron shaklga o‘ta boshlaganligi, aholining ortib borishi hisobiga savdo maydonlari va o‘rinlarining ortganligi dalillangan;
aholi kundalik hayotida bozorlar muhim o‘rin tutganligi, eng yirik ulgurji zamonaviy bozorlarda mahalliy mahsulotlarning sotilish hajmi katta bo‘lganligi, fasllar almashinuvining savdo-sotiq, narx navoga bevosi`a ta’sir ko‘rsatib turganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2020 yillarda Toshkent bozorlaridagi o‘zgarishlar tarixi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Toshkent bozorlarida tashkiliy-huquqiy o‘zgarishlar yuz bergani, ularning ochiq aksiyadorlik jamiyatlarga aylantirilishi, pul tushumi nazorati, patta to‘lovlarining elektron shaklga o‘tishi, sotuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo maydonlari, o‘rinlarini ortib borishi, soliq imtiyozlari, mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyot sohasidagi turg‘unlik, ishlab chiqarish darajasining pastligi va bojxona nazoratining sustligi tufayli Toshkent shahridagi bozorlarga mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Rossiya kabi davlatlardan olib kelingani, oqibatda moki savdogarchilik avj olingani kabi masalalarga oid ilmiy natijalardan «Markaziy Osiyoda savdo-sotiq va bozor munosabatlari» mavzusidagi ko‘rsatuvning 2020 yil 23 yanvardagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 martdagi 02-40-494-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv orqali Toshkent shahri savdogarlarining faoliyati tarix va bugungi kun nuqtai nazaridan taqqoslanib, milliy an’analar asosidagi savdo-sotiq jarayonlari tarixi tahlil qilinib, qiziqarli va ta’sirchan tarzda taqdim etilib teletomoshabinlarga bu boradagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
aholi kundalik hayotida bozorlar muhim o‘rin tutganligi, mahalliy mahsulotlarning sotilishi hajmi, xaridorlarning mahsulotlar sifati bo‘yicha tajribasi, fasllar almashinuvining savdo-sotiq, narx navoga ta’siri, O‘zbekistonda bozorlar rivoji bosqichlari, mahsulot turlari bo‘yicha ixtisoslashgan bozorlarning tarkib topishi, moddiy texnik jihatdan mustahkamlangani, ularning faoliyatida sifat o‘zgarishlarining ro‘y berishi kabi ma’lumotlardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2025 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz parametrlaridan 2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 28 apreldagi 01/00/-03/15-3804-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi doimiy yangi ish o‘rinlari yaratish, bandlik xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish va aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadlariga xizmat qilgan.