Umarov Sardor Yakubovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining tarixi (1991-2021 yy.)», 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar247.
Ilmiy rahbar: Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Uroqov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Farmonov Rahmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining 1991-2021 yillarda Germaniya bilan hamkorligi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekiston va Germaniya hamkorligi tarixining besh bosqichi, ya’ni hamkorlikning o‘rnatilishi, huquqiy asoslarning yaratilishi (1991-1994 yy.), munosabatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishi (1995-2004 yy.), aloqalarning pasayishi (2005-2007 yy.), qayta aloqalarning tiklanishi (2008-2016 yy.) va yangi tashqi siyosatdagi hamkorlikning yuksalishi (2017-2021 yy.) asoslangan;
O‘zbekiston va Germaniya savdo-iqtisodiy hamkorligining o‘zaro tovar ayriboshlash dinamikasida kuzatilgan o‘sish va kamayish holatlariga dunyo bozorida mahsulotlar tan narhining tushishi (1998-1999 yy.), jahon moliyaviy inqirozi (2008 y.) hamda turli pandemiyalarning ta’sir ko‘rsatib turganligi dalillangan;
O‘zbekiston va Germaniya madaniy hamkorligining rivojlanishida o‘zbek va nemis xalqi vakillari tomonidan tashkil qilingan nodavlat-notijorat ilmiy jamiyatlar (Frayburgdagi “Olmon-O‘zbek” ilmiy jamiyati va Berlindagi “Nihol” O‘zbek-Olmon ilmiy-madaniy jamiyati), shuningdek, “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati, “Nemis-O‘zbek” jamiyati va Respublika nemis madaniyat markazlarining faoliyati O‘zbekiston tashqi siyosatida “xalq diplomatiyasi”ning muhim omili ekanligi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat strategiyasida Germaniya vektorining 1991 yildagi iqtisodiy hamkorlikdan 2021 yilga qadar ko‘p qirrali sheriklik va hamkorlikka aylanish evolyusiyasidagi mintaqaviy va global faktorlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston va Germaniya savdo-iqtisodiy hamkorligining o‘zaro tovar ayriboshlash dinamikasida kuzatilgan o‘sish va kamayish holatlariga dunyo bozorida mahsulotlar tan narhining tushishi (1998-1999 yy.), jahon moliyaviy inqirozi (2008 y.) hamda turli pandemiyalarning ta’sir ko‘rsatib turganligi, O‘zbekiston va Germaniya madaniy hamkorligining rivojlanishida o‘zbek va nemis xalqi vakillari tomonidan tashkil qilingan nodavlat-notijorat ilmiy jamiyatlar (Frayburgdagi “Olmon-O‘zbek” ilmiy jamiyati va Berlindagi “Nihol” O‘zbek-Olmon ilmiy-madaniy jamiyati), shuningdek, “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati, “Nemis-O‘zbek” jamiyati va Respublika nemis madaniyat markazlarining faoliyati O‘zbekiston tashqi siyosatida “xalq diplomatiyasi”ning muhim omili ekanligi yuzasidan olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 7 martdagi 14-07-342 son ma’lumotnomasi). Natijalar Qo‘mitaning millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning yanada kuchayishiga xizmat qiladigan ilmiy yondashuvning takomillashishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Germaniya hamkorligi tarixining besh bosqichi, ya’ni hamkorlikning o‘rnatilishi, huquqiy asoslarning yaratilishi (1991-1994 yy.), munosabatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishi (1995-2004 yy.), aloqalarning pasayishi (2005-2007 yy.), qayta aloqalarning tiklanishi (2008-2016 yy.) va yangi tashqi siyosatdagi hamkorlikning yuksalishi (2017-2021 yy.) asoslanganligi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat strategiyasida Germaniya vektorining 1991 yildagi iqtisodiy hamkorlikdan 2021 yilga qadar ko‘p qirrali sheriklik va hamkorlikka aylanish evolyusiyasidagi mintaqaviy va global faktorlar ochib berilganligi xususidagi yangilikdan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Oʻzbekiston” teleradiokanali DUKning 2022 yil 25 apreldagi 01-31-768-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning O‘zbekiston-Germaniya o‘zaro aloqalari tarixi to‘g‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish