Cattorov Eldor Bobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk o‘rta asrlarda Sug‘dda ijtimoiy-maishiy madaniyat (arxeologik va etnografik materiallar asosida)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar678.
Ilmiy rahbar: G‘oyibov Bobir Sobirovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Achil, tarix fanlari nomzodi, professor; Raimqulov Abdusobir Azzamovich, tarix fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘rta asrlar Sug‘ddagi ijtimoiy-maishiy hayot xususiyatlarini arxeologik va etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sug‘diylarning Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab savdo-sotiq ishlari munosabati bilan shakllangan sug‘diy manzilgohlar (Turfon, Dunxuan, Gansu, Tarim vohalaridagi manzillar)ning paydo bo‘lishi, Sug‘dning tashqi elchilik aloqalari (Xitoy, hind, yapon, Eron sosoniylari, Vizantiya), turk-sug‘d simbiozining rivojlanishi negizida xalqaro til darajasiga aylangan sug‘diy til va yozuvning o‘troq hamda ko‘chmanchi xalqlar madaniyatida transformatsiya jarayonining yuz berishida muhim ijtimoiy omil bo‘lganligi dalillangan;
Panjikent shahri xarobalaridan topilgan hattotlik maktablaridagi ta’lim jarayonlarida foydalanilgan yozuvni mashq qilish taxtasi, “Yig‘i marosimi” tasviri, Afrosiyobdagi “Elchilarni qabul qilish marosimi”, Varaxshadagi “Ov jarayoni” kabi devoriy suratlarda sug‘diylarning ijtimoiy-maishiy hayotining ifodalanganligi isbotlangan;
ilk o‘rta asrlar Sug‘d jamiyatida frmandar, katiyabshauz, aavazipat, arspan, eltabar, tarxon kabi unvonlar siyosiy boshqaruvdagi o‘rni bilan birga ijtimoiy hayotni tartibga solishda, markaz va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni barqarorlashtirishda, soliq va tushumlarni nazorat qilishda, aholi o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishda, obodonchilik va farovonlikni ta’minlashda, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda birlamchi omil bo‘lganligi asoslab berilgan;
Sug‘d jamiyatida mavjud Navsarji (bahor bayrami), Nim-Sarda (dehqonchilik sayli), S-m-a-Xvara (kuz faslidagi mavsumiy sayl) kabi bayramlarni shaxsan hukmdorlarning o‘zi boshlab berganligi hamda mahkumlarni avf etganligi aniqlanib, bayram va marosimlarning aholi hayotidagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda ijtimoiy-maishiy madaniyatni tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
ilk o‘rta asrlar Panjikent shahri xarobalaridan topilgan xattotlik maktablari ta’lim jarayonlarida foydalanilgan yozuv taxtasi, “Yig‘i marosimi” tasviri, Afrosiyobdagi “Elchilarni qabul qilish marosimi”, Varaxshadagi “Ov jarayoni” kabi devoriy suratlar sug‘diylarning ijtimoiy-maishiy hayotini ifodalashi, Sug‘d jamiyatida mavjud Navsarji, Nim-Sarda, S-m-a-Xvara kabi bayramlarni shaxsan hukmdorlarinng o‘zi boshlab berganli hamda mahkumlarni avf etishiga oid ma’lumotlarni o‘zida jamlagan “Ilk o‘rta asrlarda sug‘diylarning bayram va marosimlari” nomli QR katalog yaratilib, undan Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi “O‘rta asrlar davri” ekspozisiyasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 16 martdagi 05-12-08-1403-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari joriy etilishi muzey tashrifchilari uchun ekspozisiyalar mohiyati to‘g‘risida chuqur ma’lumotga ega bo‘lishida xizmat qilgan;
Sug‘diylarning Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab savdo-sotiq ishlari munosabati bilan shakllangan sug‘diy manzilgohlarning paydo bo‘lishi, Sug‘dning tashqi elchilik aloqalari turk-sug‘d simbiozining rivojlanishi negizida xalqaro til darajasiga aylangan sug‘diy til va yozuvning o‘troq hamda ko‘chmanchi xalqlar madaniyatida transformatsiya jarayonining yuz berishida muhim ijtimoiy omil bo‘lganligi, ilk o‘rta asrlar Sug‘d jamiyatida frmandar, katiyabshauz, aavazipat, arspan, eltabar, tarxon kabi unvonlar siyosiy boshqaruvdagi o‘rni bilan birga ijtimoiy hayotni tartibga solishda, markaz va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni barqarorlashtirishda, soliq va tushumlarni nazorat qilishda, aholi o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishda, obodonchilik va farovonlikni ta’minlashda, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etganligiga doir xulosalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yil 26 sentyabr` kuni efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 26 centyabrdagi 02-40-360-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ilk o‘rta asrlarda Sug‘d jamiyatining ijtimoiy-maishiy madaniyatini jamotchilikka kengroq taqdim etishda amaliy ahamiyat kasb etgan.