Amaniyazova Sveta Bayniyazovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamlashtirish tizimini qo‘llanishining huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu582.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Umarova Karligash Umarovna, yuridik fanlar doktori, professor;  Sadikov Sanjar Abdumajitovich, yuridik fanlar buyicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vazirlar Kengashining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishiga ko‘maklashishi o‘z navbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi majburiyatlarini huquqiy tartibga solinishiga va mazkur faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari shakllantirilishiga olib kelishi asoslantirilgan;
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi normativ-huquqiy hujjatlarining loyihalari muhokama qilinishida jamoatchilik ishtirokining ta’minlanishi va ularning fikr-mulohazalari hisobga olinishi tizimi shakllantirilishi asoslab berilgan;
Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va «E-qaror» elektron tizimi orqali e’lon qilish tartibini huquqiy tartibga solinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining norma ijodkorligi faoliyati elektron tizim orqali amalga oshirilishining huquqiy asoslari yaratilishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish kerakligini o‘qitish zarurligi bakalavriatura va magistratura tinglovchilarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash shartligi to‘g‘risidagi nazariy-huquqiy bilimlari shakllanishiga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamlashtirish tizimini qo‘llashning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Vazirlar Kengashining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishiga ko‘maklashishi o‘z navbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi majburiyatlarini huquqiy tartibga solinishiga va mazkur faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari shakllantirilishiga olib kelishi asoslantirilganligi to‘g‘risidagi taklifdan Qoraqalpog‘iston Respublikasining yangi tahrirdagi «Vazirlar Kengashi to‘g‘risida»gi Qonuni 16-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasining 2022 yil 4 apreldagi 03-hq-11-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi majburiyatlarini huquqiy tartibga solinishi va mazkur faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari shakllantirilishiga xizmat qilgan;
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi normativ-huquqiy hujjatlarining loyihalari muhokama qilinishida jamoatchilik ishtirokining ta’minlanishi va ularning fikr-mulohazalari hisobga olinishi tizimi shakllantirilishi asoslab berilganligi to‘g‘risidagi taklifdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 17 sentyabrdagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 466-13-0-Q/22-son Qarorining 3-bandini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 23 sentyabrdagi 10-06/14-09/696-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi normativ-huquqiy hujjatlarining loyihalari muhokama qilinishida jamoatchilik ishtirokining ta’minlanishi va ularning fikr-mulohazalari hisobga olinishi tizimi shakllantirilishiga xizmat qilgan;
Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va «E-qaror» elektron tizimi orqali e’lon qilish tartibini huquqiy tartibga solinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining norma ijodkorligi faoliyati elektron tizim orqali amalga oshirilishining huquqiy asoslari yaratilishiga xizmat qilishi asoslantirilganligi to‘g‘risidagi taklifdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 17 sentyabrdagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 466-13-0-Q/22-son Qarorining 5-bandi b) xatboshisi shakllantirilishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 23 sentyabrdagi 10-06/14-09/696-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining norma ijodkorligi faoliyati elektron tizim orqali amalga oshirilishining huquqiy asoslari yaratilishiga xizmat qilgan;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish kerakligini o‘qitish zarurligi bakalavriatura va magistratura tinglovchilarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash shartligi to‘g‘risidagi nazariy-huquqiy bilimlari shakllanishiga xizmat qilishi asoslanganligi to‘g‘risidagi taklifdan «Málimleme – kommunikaciya texnologiyaların qollanıw jolı menen mámleketlik xızmetler kórsetiw» nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning hisobga olinishi 60420100 - “Yurisprudensiya” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari va 5A240101 - “Davlat huquqi va boshqaruvi (faoliyat turlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligi magistrantlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash shartligi to‘g‘risidagi nazariy-huquqiy bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish