Solieva Ra’noxon Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bachadon bo‘yni ko‘p qavatli yassi epiteliyasi displaziyasi shakllanishida gen polimorfizmi folatlar metabolizmining ahamiyati”, 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib.1123.
Ilmiy rahbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Eshimbetova Gul`sara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilchexra Yusufxonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni ko‘p qavatli yassi epiteliyasi displaziyasi shakllanishida ba’zi bir folat metabolizm genlarining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  o‘zbek millatiga mansub aholi o‘rtasidan tanlab olingan bachadon bo‘yni displaziyasi rivojlanish xavfi bo‘lgan  nazorat namunasi va bemor guruhlari orasida  MTRR rs1805087 66 A>G genda Ile22 Met; MTHFR rs 1801133 genda C677T; MTHFR rs1801131 genda A1298C; MTR rs genda 1805087 A2756G  lokuslar birikuvining allel` va genotipik variantlarning tarqalish chastotalaridagi farqlar isbotlangan;
bachadon bo‘yni displaziyasi bor o‘zbek ayollarida MTRR rs1805087 66 A>G genida Ile22 Met; MTHFR rs 1801133 genida C677T  lokus birikmalari polimorfizmi mavjudligi marta aniqlangan;
bachadon bo‘yni displaziyasi shakllanishini prognozlash mezonlari va uning rivojlanishi tuzilmasi ishlab chiqilgan;
klinik, morfologik va molekulyar genetik tekshiruvlarni hisobga olgan holda bachadon bo‘yni displaziyasi shakillanishini oldini olish bo‘yicha yondashuvlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon bo‘yni ko‘p qavatli yassi epiteliyasi displaziyasi shakllanishida gen polimorfizmi folatlar metabolizmi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni shilliq qavati displaziyasi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijari asosida ishlab chiqilgan «Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni shilliq qavati displaziyasi rivojlanishini bashorat qilishning ba’zi molekulyar va genetik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-d/886-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy taviyanoma reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni shilliq qavati displaziyasi rivojlanishini erta bashorat qilish ilkonini yaratgan;
bachadon bo‘yni ko‘p qavatli yassi epiteliyasi displaziyasi shakllanishida gen polimorfizmi folatlar metabolizmining ahamiyati bo‘yicha tadqiqot natijalari Andijon viloyati perinatal markazi, Andijon shahridagi 1-son tug‘ruq majmuasi, Andijon viloyati Asaka tumani ko‘p tarmoqli poliklinika, Andijon viloyati 7-oilaviy poliklinika amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-d/886-son ma’lumotnomasi). Natijada displaziya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni ajratish, OPV qarshi emlashdan foydalanish va diagnostika algoritmiga majburiy genotipini kiritish bachadon bo‘yni ko‘p qavatli yassi epiteliyasi displaziyasi rivojlanishi va uning malignizatsiyalanishini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish