Fayzullaev Bekzad Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatit jarrohligida klinik-morfologik parallellar», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1759. 
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Atadjanov Shuxrat Komilovich, tibbiyot fanlari doktori; Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallikning tasnifi va tegishli davolash taktikasini tanlash bo‘yicha mavjud qarashlarni takomillashtirish orqali o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘tkir pankreatitni davolashga an’anaviy yondashuvning faol taktika bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqarsiz natijalarining sabablari aniqlangan;
oshqozon osti bezi va parapankreatik kletchatkaning mul`tispiral kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari asosida sekvestratsiya davri boshlanishining optimal muddatlari aniqlangan;
ilk bor infisirlangan pankreonekrozning morfologik jihatdan bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki xil – infil`trativ va sekvestrlangan shakli aniqlangan;
tadqiqotlar va mavjud tasniflarni tanqidiy tahlil qilish asosida o‘tkir pankreatitning kechish bosqichlarini, jarayonning tarqalishi va kasallikning kechish xususiyatini aks ettiruvchi tasnifi takomillashtirilgan;
o‘tkir pankreatitning takomillashtirilgan tasnifini hisobga olgan holda davolashga individual yondashuv bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqilgan davolash taktikasining klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘tkir pankreatitni tasniflash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqigan «O‘tkir pankreatitni tasniflashning zamonaviy yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32076-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar optimal davolash taktikasini tanlash xisobiga o‘tkir pankreatitni davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32076-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari pankreonekrozda sekvestratsiya davri boshlanishining optimal muddatlarini aniqlash, infisirlangan pankreonekrozning infil`trativ va sekvestrlangan shakllarini aniqlash, kasallikning tasnifini takomillashtirish va davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish