Yuldashev Otabek Sabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orol bo‘yi mintaqasidagi fertil yoshdagi ayollarda qalqonsimon bez disfunksiyasi va mastopatiyalarning o‘ziga xosligi», 14.00.03 –Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1144.
Ilmiy rahbar: [Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Janubiy Orol bo‘yi mintaqasidagi fertil yoshdagi ayollarda qalqonsimon bez disfunksiyasi va mastopatiyalarning o‘zaro bog‘liqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida ilk bor mastopatiya bilan kasallangan fertil yoshdagi ayollarda kasallikning xavf omillari sifatida noratsional ovqatlanish (60,9%), o‘tkir va surunkali stresslar (61,7%), nasliy moyillik (38,2%) o‘rganilgan, hamda tireoid patologiyaning bo‘lishi mastopatiyaning erta fertil yoshda rivojlanish xavfini oshirishi aniqlangan;
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida ilk bor mastopatiya bilan kasallangan fertil yoshdagi ayollarda gormonal gomeostaz: tireoid gormonlar, tireoperoksidazaga nisbatan paydo bo‘lgan antitana, TTG reseptorlariga nisbatan antitana, prolaktin, insulin gormonlarini, HOMA indeksi baholangan.
mastopatiya bilan kasallanganlarda qalqonsimon bez va sut bezini Thyroid Imaging Reporting and Data Systems (TIRADS) va Breast Imaging Reporting and Data System (BI-RADS) tizimi asosida solishtirish orqali ikkala bezdagi o‘zgarishlarning o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan.
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida ilk bor mastopatiya bilan kasallanganlarda endokrin buzilishlarni davolash, yani gipotireoz aniqlangan bemorlarga tireoid gormonlar bilan o‘rin bosuvchi terapiya tavsiya qilish va insulinga rezistentlik aniqlangan bemorlarga metforminni qo‘llash mastalgiya darajasiga BI-RADS tizimi ko‘rsatgichlariga ijobiy ta`sir qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasidagi fertil yoshdagi ayollarda qalqonsimon bez disfunksiyasi va mastopatiyalarning o‘ziga xosligi ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qalqonsimon bez disfunksiyasi bilan birga kelgan mastopatiya aniqlangan bemorlarni tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qalqonsimon bez va sut bezi tugunli hosilalarini tashxislash” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 8n-z/273-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qalqonsimon bez va sut bezi tugunli hosilalarini erta aniqlash, tashxislash va davolash hamda tibbiyot muassasalarida profilaktika yordami sifatini oshirib, samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan.
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasidagi fertil yoshdagi ayollarda qalqonsimon bez disfunksiyasi va mastopatiyalarning o‘ziga xosligi ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha olingan natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi, Xorazm viloyati perinatal markazi va Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseriga amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 noyabrdagi 08-34691-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar mastopatiya aniqlangan fertil yoshdagi ayollarda tireoid patologiya va endokrin buzilishlarni erta tashxis qo‘yish, davolash, gormonal gomeostazni monitoring qilish va kuzatib borish, mastopatiya klinik kechishiga va BI-RADS tizimi ko‘rsatgichlarining kamayishiga imkon bergan.