Kurbanov Obid Maxsudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kandli diabet va diffuz toksik bukok fonida yumshok tukimalar yirirngli xirurgik kasalliklarning morfologik jixatlari», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc /Tib608.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Safoev Bakodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Olimjon Mirzoxitovich, tibbiyot fanlari doktori; Nargiza Baxodirovna Zokirova, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mineral, uglevod, gormonal, oqsil almashinuvi va mikrotsirkulyasiyasini korreksiyalashning optimal usulini ishlab chiqish orqali endokrin patologiya bilan birga uchrovchi yiringli xirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash natijalarini morfologik baholash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet va diffuz toksik bo‘qoq fonida yuzaga keladigan yumshoq to‘qimalar yiringli-yallig‘lanish patologiyalarining klinik-morfologik ko‘rinishlari xususiyatlari aniqlangan;
qandli diabet va diffuz toksik bo‘qoq fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli xirurgik kasalliklarida mineral, uglevod, oqsil, gormonal moddalar almashinuvining, shuningdek mikrotsirkulyasiya buzilish darajalari aniqlangan;
endokrin patologiyalar, qandli diabet va diffuz toksik bo‘qoq fonida yiringli xirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashning dinamik-morfologik o‘zgarishlar asoslangan.
qandli diabet va diffuz toksik bo‘qoq fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli xirurgik kasalliklarida mineral, uglevod, oqsil, gormonal moddalar almashinuvining, shuningdek mikrotsirkulyasiyadagi kuzatiladigan o‘zgarishlarni optimal korreksiya qilish yo‘li bilan davolashning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv va mikrotsirkulyasiya buzilishlari korreksiyasini qo‘llagan holda endokrin tizimning hamroh kasalliklari, yumshoq to‘qimalarning yiringli patologiyalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijaviyligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga asosida:
qandli diabet va diffuz toksik bo‘qoq bilan birga keladigan endokrin patologiyalar fonida bemorlar yiringli jarohatlarini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qandli diabet va diffuz toksik bo‘qoq bilan birga keladigan endokrin patologiyalar fonida bemorlar yiringli jarohatlarini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 martdagi 8n-d/107-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv va mikrotsirkulyasiya buzilishlari korreksiyasi qo‘llanganda endokrin tizimning hamroh kasalliklari, yumshoq to‘qimalarning yiringli xirurgik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarning oldini olishga imkon bergan.
diffuz toksik bo‘qoq hamroh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yiringli jarohatlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Diffuz toksik bo‘qoq hamroh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yiringli jarohatlarni davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyul` 08-20963 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv va mikrotsirkulyasiya buzilishlari korreksiyasi qo‘llanganda diffuz toksik bo‘qoq hamroh kasalliklari, yumshoq to‘qimalarning yiringli xirurgik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarning oldini olishga imkon bergan.