Qurbonov Nizom Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t tosh kasalligi xirurgik davosini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1974.
Ilmiy rahbar: Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligi xirurgik davosini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari orqali olingan ma’lumotlar asosida o‘t tosh kasalligi tashxislangan bemorlarda Mirizzi sindromini bashoratlashning spesifik baholash shkalasi takomillashtirilgan;
Mirizzi sindromining magistral o‘t yo‘llarining shikastlanish sathiga ko‘ra 2 tipga ajratish tasnifi ishlab chiqilgan;
magistral o‘t yo‘llari shikastlanish sathiga ko‘ra Mirizzi sindromining 2 tipini hisobga olgan holda jarrohlik taktikasini tanlash dasturi ishlab chiqilgan.
xolesistektomiya qilingan Mirizzi sindromi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun maxsus shkala operatsiyadan keyingi davrga ta’sir qiluvchi omillarni tekshirish va postxolesistektomik sindromi ehtimolini hisobga olgan holda optimallashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t tosh kasalligi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
operatsiyagacha bo‘lgan davrda maqbul jarrohlik taktikasini tanlash va magistral o‘t yo‘llarini intraoperatsion yatrogen shikastlanishi oldi olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Taktiko-texnicheskie aspekti diagnostiki i lecheniya sindroma Mirizzi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 8n-z/384-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operatsiya yo‘lini tanlashga va postxolesistektomik sindromni oldini olishga kompleks yondashuv orqali Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t tosh kasalligini jarroxlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlashni maqbullashtirish imkonini bergan;
Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t tosh kasalligi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarroxlik yo‘li orqali davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyati Kitob tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/301-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi operatsiyadan keyingi erta asoratlar chastotasini 16,4% dan 3,2% gacha, kechki operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 15,6% dan 0% gacha pasaytirishi hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish, sifatini yaxshilash imkonini bergan.