Mirzaev Ozod Voxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining Samarqand va Jizzax viloyati misolida tarqalishi va kechishining o‘ziga xosligi», 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1654.
Ilmiy rahbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining tarqalishi va klinik diagnostik jihatlarini baholash asosida erta tashxislash va kasallik asoratlarni oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi mavjud bemorlarda Col1A_1, MMP12, HLA II sinfi genlarining polimorfizmi va kasallik tashqi va ichki fenotipik belgilari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor Col1A_1 genining A/A alleli va gomozigotali genotipi BTDDli bemorlarda kasallikning rivojlanish xavfini aniqlashdagi o‘rni va prognostik ahamiyati isbotlangan;
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi bilan og‘rigan bemorlarda magniy, umumiy glikozaminoglikan va gialuronidaza faolligi darajasining kollagen almashinuvi buzilishidagi patogenetik ahamiyati asoslangan;
BTDD bilan og‘rigan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasiga ko‘ra ananaviy davolashga qo‘shimcha magniy preparatlari va xondroprotektorlarni birgalikda qo‘llanilganda davo samaradorligiga ijobiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand va Jizzax viloyatlari misolida differensiallashmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasining tarqalishi va kechishini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining tarqalishi va kechishini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Samarqand va Jizzax viloyatlari misolida differensiallashmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasining klinik-epidemiologik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-r/839-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma BTDDni erta tashxislash, kechishini prognozlash va asoratlarni oldini olish usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
Samarqand va Jizzax viloyatlari misolida differensiallashmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasining tarqalishini o‘rganishga, xamda diagnostika va prognozlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand ShTB markaziy kasalxonasida, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani tibbiyot birlashmasida va Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining terapevtik bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 avgustdagi 8n-z/406-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi BTDD mavjud bemorlarda erta tashxislash va yangi takomillashtirilgan diagnostik usulni qo‘llash orqali kasallikni rivojlanish darajasini kamaytirish, kasallik asoratlarini oldini olish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.