Ismatov Farrux Asliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy o‘quv yurtlari talabalarida stomatologik kasalliklar va ularning oldini olish yullari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib.1337.
Ilmiy rahbar: Xasanova Lola Emilovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Lukina Galina Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori professori, Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston davlat tibbiyot instituti. (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarkand OTM lari talabalarining stomatologik sog‘lig‘ini baxolash va tibbiy xamda ijtimoiy xavf omillarini ta’sirini aniklashga karatilgan chora-tadbirlar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora Samarqand shahar OTM talabalarida chuqur stomatologik ko‘rik o‘tkazilib, stomatologik patologiyalarning strukturasi, tarqalishi va jadalligini aniqlangan;
sessiya imtixonlari va ta’til davrlarida talabalar so‘lagida stress biomarkerlari (kortizol konsentratsiyasi, α-amilaza) faolligining oshganligi isbotlangan;
OTM talabalarida paradontning yallig‘lanish kasalliklaridan asosan surunkali kataral tarqalgan gingivit ko‘pligi ilmiy isbotlangan;
ilk bora talaba yoshlar og‘iz bo‘shlig‘i va tishlar salomatligiga ta’sir qiluvchi asosiy tibbiy va ijtimoiy omillar tahlil qilinib, og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilimlar qoniqarsiz ekanligi, o‘z vaqtida professional stomatologik yordamga murojaat qilinmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand shahar OTM talabalari orasida talabalarining stomatologik salomatligini o‘rganish va uni yaxshilash borasida ilmiy-asoslangan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
og‘iz bushlig‘i shillik kavati kasaliklarini erta, differensial tashxislashni mukobillashti-rish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan "Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida stomatologik holatning xususiyatlari va tish kasalliklarining oldini olish samaradorligini baholash: uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 yanvardagi 8 n-r/122-son ma`lumotnomasi). Amalga oshirish natijalari oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida tish kasalliklari profilaktikasi darajasini oshirish va byudjet xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan;
og‘iz bushligi shillik kavati kasaliklarini erta, differensial tashxislashni mukobillashti-rish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan "Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida stomatologik holat va klinik ko‘rik" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 yanvardagi 8 n-r/37-son ma`lumotnomasi). Amalga oshirish natijalari oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida tish kasalliklari profilaktikasi darajasini oshirish va byudjet xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan