Qodirov Azizjon Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2377.
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mat’yakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro ixtisoslashgan Jayron pitomnigini 2022-2026 yilar davomida zamonaviy turistik ob’ektga aylantirish asosida Jayron ekomarkazini cho‘l florasi va faunasi muzeyi, cho‘l landshaftini kuzatish minorasi bilan jihozlash, avtomobilda va piyoda sayyohat qilishga mo‘ljallangan cho‘l hududlariga ixtisoslashgan safari ekoturizm marshrutlarini tashkil qilish takliflari ilmiy asoslangan;
nomavsumiy oylarda chegirmalar taqdim etgan holda «Ichki turizm oyligi»ni tashkil qilish hamda «Ichki turizm haftaligi», «Ichki turizm kunlari» dasturlarini “Nurotani kashf qil” shiori ostidagi madaniy, ko‘ngilochar, milliy hamda diniy bayramlar, katta sport tadbirlari doirasida amalga oshirish taklifining afzaliklari dalillangan;
Nurota hududining etnik holati va ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda turistik imkoniyatlarini targ‘ibot qilish asosida «Sentob» turizm qishlog‘ini tashkil qilishi bo‘yicha takliflar ilmiy asoslangan;
muhofaza qilinadigan ekoturistik destinatsiyaga tashrifni amalga oshiradigan ekoturistlar dinamikasi bo‘yicha 2026 yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro ixtisoslashgan Jayron pitomnigini 2022-2026 yilar davomida zamonaviy turistik ob’ektga aylantirish asosida Jayron ekomarkazini (cho‘l florasi va faunasi muzeyi, cho‘l landshaftini kuzatish minorasi) jihozlash, avtomobilda va piyoda sayyohat qilishga mo‘ljallangan cho‘l hududlariga ixtisoslashgan safari ekoturizm marshrutlarini tashkil qilish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 543-sonli qarordagi “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniya meros vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-18/6164-son dalolatnomasi). Natijada ekologik hududlarda turizm infratuzilmasi rivojlantirilishi asosida safari ekoturizm marshrutlari yaratilgan;
nomavsumiy oylarda chegirmalar taqdim etgan holda «Ichki turizm oyligi»ni tashkil qilish hamda «Ichki turizm haftaligi», «Ichki turizm kunlari» dasturlarini “Nurotani kashf qil” shiori ostidagi madaniy, ko‘ngilochar, milliy hamda diniy bayramlar, katta sport tadbirlari doirasida amalga oshirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 217-sonli qarordagi «2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniya meros vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-18/6164-son dalolatnomasi). Natijada Navoiy viloyati ekoturistik destinatsiyalarda ichki turizm oqimini ikki marta oshishiga imkon bergan;
Nurota hududining etnik holati va ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda turistik imkoniyatlarini targ‘ibot qilish asosida «Sentob» turizm qishlog‘ini tashkil qilishi bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 217-sonli qarordagi «2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniya meros vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-18/6164-son dalolatnomasi). Natijada mintaqada turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 ming nafarga etkazish imkoniyati paydo bo‘lgan;
muhofaza qilinadigan ekoturistik destinatsiyaga tashrifni amalga oshiradigan ekoturistlar dinamikasi bo‘yicha 2026 yilgacha prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 543-sonli qarordagi «2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniya meros vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-18/6164-son dalolatnomasi). Natijada hududlarda turizm sohasini diversifikatsiya qilish, ekoturizm oqimni oshirish va strategik rejalarni ishlab chiqishga erishilgan.