Ahtamova Mohigul Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik turizmni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy asoslari (Samarqand viloyati ma’lumoti asosida)», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1153.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatillo Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida ekoturizm xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«ekologik turizm xizmatlari» tushunchasining mohiyati soha sub’ektlari jozibadorligiga bevosita ta’sir etuvchi ekoturizm destinatsiyasiga mos milliy madaniyat va hududiy an’analariga ustuvorlik berish uslubiy yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
ekoturistik faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligi (KTIS), turistik ob’ektlar samaradorligi(KTOS) va xizmat ko‘rsatish sifati(KXKS)ni ifodalovchi ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi nisbat me’yorlarini ta’minlash orqali hududda ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan;
ekologik turizm sohasida viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarni tizimli joylashtirish, ularga yuqori sifatli transport va axborot-logistik xizmatlarni ko‘rsatish hamda yalpi hududiy daromadni oshirish imkoniyatini yaratuvchi «Hazrati Dovud» ekoturizm hududiy klasteri taklif etilgan;
Samarqand viloyatida ekoturizm xizmatlari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kompleks baholash bo‘yicha raqobatbardosh ekologik turizm xizmatlarini ko‘rsatish darajasini ta’minlash imkoniyatini beruvchi sohaning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik turizmni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«ekologik turizm xizmatlari» tushunchasining mohiyati soha sub’ektlari jozibadorligiga bevosita ta’sir etuvchi ekoturizm destinatsiyasiga mos milliy madaniyat va hududiy an’analariga ustuvorlik berish uslubiy yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan ta’rifi bakalavriat 5610300-«Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)» talabalari uchun mo‘ljallangan «Menedjment turizma» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-621-son guvohnomasi). Mazkur ilmiy natija bo‘yicha «ekologik turizm xizmatlari» tushunchasining iqtisodiy mazmuni sohaning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik mezonlariga mos bo‘lganligi bois ekoturizmda yangicha yondoshuvni shakllantirib, o‘qitish sifatini yuqori darajaga ko‘tarishga imkon bergan;
ekoturistik faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligi (KTIS), turistik ob’ektlar samaradorligi(KTOS) va xizmat ko‘rsatish sifati(KXKS)ni ifodalovchi ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi nisbat me’yorlarini ta’minlash orqali hududda ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan “Yo‘l xaritasi”ning 2-ilovasidagi 49- va 50-bandlari asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 20 oktyabrdagi 04-18/5005-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilishi natijasida ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlar tizimi alohida olingan ekoturizm xizmatlar samaradorligini aniqlash va turizmning boshqa sohalari bilan taqqoslash imkonini beradi hamda o‘tkazilgan onlayn-so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Samarqand viloyatida mavjud ekoturizm maskanlarida ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda yirik investision loyihalarni jalb etish va natijada sohadan 19% qo‘shimcha daromad olish ilmiy asoslangan;
ekologik turizm sohasida viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarni tizimli joylashtirish, ularga yuqori sifatli transport va axborot-logistik xizmatlarni ko‘rsatish hamda yalpi hududiy daromadni oshirish imkoniyatini yaratuvchi «Hazrati Dovud» ekoturizm hududiy klasteri taklif etilgan takliflari Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 30 sentyabr 2019 yil 828-sonli qarorida belgilangan “Yo‘l xaritasi”ning 2-ilovasidagi 49-bandi asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 20 oktyabrdagi 04-18/5005-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llanilishi alohida olingan hududlarda ekoturizm faoliyatini tizimli monitoring qilish imkoniyatini yaratuvchi kuzatuv kengashini o‘z tarkibiga olgan tashkiliy-iqtisodiy tuzilmaga mos ekoturizm hududiy klasterning yuqori samara berish imkoniyati ilmiy asoslangan. Mazkur taklifni amalga oshirish natijasida hududda ekoturizmdan olingan daromadning 15,1 % ga ortishiga imkon yaratilgan;
Samarqand viloyatida ekoturizm xizmatlari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kompleks baholash bo‘yicha raqobatbardosh ekologik turizm xizmatlarini ko‘rsatish darajasini ta’minlash imkoniyatini beruvchi sohaning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan viloyatda ekoturizmni rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 20 oktyabrdagi 04-18/5005-son hamda Samarqand viloyati hokimligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 06-06/869-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yildan 2025 yilgacha ekoturizmdan olingan daromadlar o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, agar 2022 yilda ekoturizm daromadi 22,32 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 24,18 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lishi prognoz qilingan.