Ibadullaev Dilshad Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda investisiya salohiyatidan samarali foydalanish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.PhD/Iqt2282.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kodirov Abdurashid Majidovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Muhitdinov Shoxijaxon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.          Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishda investisiya salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy investisiya salohiyatining umumiy darajasi ishlab chiqarish salohiyati bo‘yicha yuqori (72,7 foiz), mehnat salohiyati bo‘yicha o‘rta (63,6 foiz) va tadbirkorlik salohiyati bo‘yicha quyi (45,5 foiz) bog‘liqligi investisiya hajmini oshirishning optimal darajasi ekanligi asoslangan;
hududda asosiy kapitalga kiritilgan mahalliy va xorijiy investisiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri hududiy rivojlanish darajasining mehnat va kapital bo‘yicha baholanganda o‘rtacha o‘sishning (7,5 foiz) 6,2 foizi mehnat va 1,3 foizi kapital hissasiga to‘g‘ri kelib, ikki omilli o‘sish o‘rtasidagi farq umumiy iqtisodiyotda 
4,8 marta, sanoat va xizmatlarda 1,6 marta, qishloq xo‘jaligida 41 marta, qurilishda 7,2 marta bo‘lib, ijobiy jihatlar investisiya me’yoriga bog‘liqligi aniqlangan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotida yalpi talab va taklifning muvozanati asosidagi barqaror rivojlanishini ta’minlashda investisiya salohiyati faolligining akselerator koeffisienti 1,5-1,8 birlik, investisiya me’yori 27-29 foiz hamda yalpi jamg‘arish 32-33 foiz oraliqda bo‘lishi maqbul va samarali daraja ekanligi asoslangan;
hududiy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda investisiya salohiyati intensivligini ifodalovchi mezonlarning 2022-2027 yillarga prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda investisiya salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududiy investisiya salohiyatining umumiy darajasi ishlab chiqarish salohiyati bo‘yicha yuqori (72,7 foiz), mehnat salohiyati bo‘yicha o‘rta (63,6 foiz) va tadbirkorlik salohiyati bo‘yicha quyi (45,5 foiz) bog‘liqligini aniqlash asosida investisiya hajmini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar Xorazm viloyat hokimining 2020 yil 
13 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining  2022 yil 12 sentyabrdagi 10-6899-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada ishlab chiqarish tarmoqlarining istiqbolli sohalariga investisiya kiritish hamda investision jozibardorlikni oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
hududda asosiy kapitalga kiritilgan mahalliy va xorijiy investisiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri hududiy rivojlanish darajasining mehnat va kapital bo‘yicha baholanganda o‘rtacha o‘sishning (7,5 foiz) 6,2 foizi mehnat va 1,3 foizi kapital hissasiga to‘g‘ri kelib, ikki omilli o‘sish o‘rtasidagi farq umumiy iqtisodiyotda 
4,8 marta, sanoat va xizmatlarda 1,6 marta, qishloq xo‘jaligida 41 marta, qurilishda 7,2 marta bo‘lib, ijobiy jihatlar investisiya me’yoriga bog‘liqligi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2020 yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 10-6899-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish tarmoqlarida investisiya me’yorining muqobil va o‘rtacha darajalarini aniqlash asosida hududiy iqtisodiyotning investision salohiyatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotida yalpi talab va taklifning muvozanati asosidagi barqaror rivojlanishini ta’minlashda investisiya salohiyati faolligining akselerator koeffisienti 1,5-1,8 birlik, investisiya me’yori 27-29 foiz hamda yalpi jamg‘arish 32-33 foiz oraliqda bo‘lishi maqbul va samarali daraja ekanligi hisob-kitoblar orqali asoslangan taklif Xorazm viloyat hokimining 2020 yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 10-6899-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanishi natijasida hududiy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda ichki moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ustuvor tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish imkonini bergan.
hududiy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda investisiya salohiyati intensivligini ifodalovchi mezonlarning 2027 yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2020 yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 10-6899-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalarini Xorazm viloyatida qo‘llanishi hududiy iqtisodiyot tarmoqlariga investisiyalarni jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish