Askarova Dilorom Xojimuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aloqa sohasi korxonalarida mehnatga haq to‘lash hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1716.
Ilmiy rahbar: Sindarov Sherzod Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shirinov Uchqun Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi aloqa sohasi korxonalarida mehnatga haq to‘lash hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonani faoliyat natijalariga va rentabelligiga qo‘shgan hissasidan kelib chiqib, mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash tizimi va alohida 6711-«Mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar» ishchi schyotini kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirilgan;
hisob siyosatiga xodimlarining sarflanmagan mehnat ta’tillari zaxira mablag‘lari uchun 8930-«Kelgusi davr xarajatlari va ishlatilmagan ta’tillar zaxirasi» nomli ishchi schyotni kiritish taklif etilgan;
xodimlarga uzoq muddatli to‘lovlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida hisob siyosatiga 7420 - «ishdan bo‘shagan xodimlarning hayotini sug‘urtalash» va 7430 - «ishdan bo‘shagan xodimlarni tibbiy sug‘urtalash» bo‘yicha ishchi schyotlar kiritish taklif etilgan;
aloqa sohasi korxonalarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha audit jarayonlarini tashkil etishning maxsus audit ishchi hujjati majmuasi ishlab chiqilgan va shu asosida auditorlik riskini maqbul darajada pasaytirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aloqa sohasi korxonalarida mehnatga haq to‘lash hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
korxonani faoliyat natijalariga va rentabelligiga qo‘shgan hissasidan kelib chiqib, mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash tizimi va alohida 6711-«Mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar» ishchi schyotini kiritish asosida hisob siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2021 yildagi 497-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 20 iyundagi 27-03-17/2871-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, mehnatga haq to‘lash tizimini shaffofligin ta’minlash, adolat va raqobatbardoshlik tamoyillariga rioya qilgan holda xodimlarning shaxsiy mehnat hissasini korxona faoliyatining yakuniy natijalari bilan bog‘liqligini ta’minlash asosida rag‘batlantirish imkonini bergan;
hisob siyosatida xodimlarining sarflanmagan mehnat ta’tillari zaxira mablag‘lari uchun 8930-«Kelgusi davr xarajatlari va ishlatilmagan ta’tillar zaxirasi» nomli ishchi schyot ochish taklifi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2021-yildagi 497-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 20 iyundagi 27-03-17/2871-son ma’lumotnomasi). Natijada, sarflanmagan mehnat ta’tillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanib, ularni hisob siyosatida aks ettirish asosida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha hisobot shakllantirishga qulaylik yaratilgan.
xodimlarga uzoq muddatli to‘lovlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida 7420 – «ishdan bo‘shagan xodimlarning hayotini sug‘urtalash» va 7430 – «ishdan bo‘shagan xodimlarni tibbiy sug‘urtalash» bo‘yicha ishchi schyotlar ishlab chiqish taklifi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2021 yildagi 497-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 20 iyundagi 27-03-17/2871-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, ishchi schetlarni kiritilishi xodimlarni ijtimoiy himoya bilan ta’minlagan holda, uzoq muddatli to‘lovlar bo‘yicha IAS 19 standarti talablariga muvofiq ma’lumotlarni ochiqlashtirish va ular asosida MHXS bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish imkonini bergan.
aloqa sohasi korxonalarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha audit jarayonlarini tashkil etishning maxsus audit ishchi hujjati majmuasini ishlab chiqish taklifi «O‘zbektelekom» AKning 2021 yildagi 357-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki audit yo‘riqnomasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbektelekom» AKning 2022 yil 20 iyundagi 27-03-17/2871-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki audit faoliyatiga doir ishchi hujjatlarni tarkibi takomillashtirilgan, shuningdek audit jarayonlarini o‘tkazishda mehnat xarajatlarini kamaytirishga erishilgan.