Sidikov Akbarxon Xojiaxmadxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta xomashyosini aerodinamik tozalash jarayonini takomillashtirish”. 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T1179 
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; 
Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport tizimida paxta xomashyosini aerodinamik tozalash jarayonini takomillashtirish orqali paxtaning tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
paxtani aerodinamik tozalash jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar tahlili asosida uni ifloslik, og‘ir va qattiq aralashmalardan tolaning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda tozalovchi yangi konstruksiyadagi aerodinamik tozalash qurilmasi yaratilgan; 
aerodinamik usulda tozalovchi qurilmaning ishchi kamerasi yuqori qismiga o‘rnatilgan kolosnikli panjaraning yangi, og‘ish burchagi o‘zgartiriladigan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ajratilgan og‘ir aralashma va iflosliklarni to‘xtovsiz, avtomatik tarzda tashqariga chiqarib yuborish imkonini beruvchi aylanuvchi barabanga ega bo‘lgan vakuum-klapan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
to‘liq omilli tajribalar asosida paxtani aerodinamik tozalash qurilmasida amaldagi ish unumdorligini saqlagan holda kolosnikli panjaraning joylashish parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi regression matematik model olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta xomashyosini aerodinamik tozalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paxta xomashyosini aerodinamik tozalash qurilmasi «Namangan paxta teks» MChJga qarashli «Kosonsoy paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 9 noyabr`dagi 02/12-279-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 0,6 % ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish