Azambaev Muxammadjon G‘ofurjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Linterlash jarayonini takomillashtirish yo‘li bilan momiq sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash” 05.06.02– To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.4.PhD/T1457 
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Azimov Samad Solijanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: linter mashinasiga tebranma to‘rli yuzali ta’minlagichni o‘rnatish orqali linterlash jarayonini takomillashtirish, chigit tarkibidagi mayda iflosliklardan tozalash hamda momiq sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
linter mashinasining ta’minlash qismida momiq tarkibida mavjud bo‘lgan mayda iflosliklarni ajratib olish imkoniyatiga ega tebranma to‘rli yuzali ishchi organi konstruksiyasi yaratilgan;
tebranma to‘rli tozalash moslamasida chigitlardan iflosliklarni maksimal tozalash imkoniyatini yaratish uchun chigitlarni bir maromda harakatini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
chigitlarni tozalash vaqtida unga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kiruvchi omillar aniqlangan, hamda ularning jarayonning samarali o‘tishini ta’minlovchi maqbul qiymatlari aniqlangan;
linterlash mashinasida chigitlarni iflosliklardan tozalash jarayonini rejali tajribalar asosida natijalari olingan hamda mashina ifloslik tozalash darajasi, iqtisodiy ko‘rsatkichi hamda qoldiq iflosliklarni baholashning matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Linterlanadigan chigitlar tarkibidagi iflosliklarni tozalash texnologiyasiga ega yangi konstruksiya samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
linter mashinasining ta’minlash qismida tebranma to‘rli yuzali ishchi organi o‘rnatilib «O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tassarufiga kiruvchi «Kosonsoy paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 11-oktyabrdagi 02/22/640-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitlarni iflosliklardan tozalash samaradorligi 65 %ni tashkil etib, momiqning ifloslanish darajasi 6-8 % ga kamaygan, linter arralarining ish muddati uzayib, arralarni almashtirish holati 30 % ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish