Muxammadiev Komil Burxonovichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishni ilmiy-pedagogik asoslash”: 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.O1 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Ped.132.
Ilmiy maslahatchilar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Allamurodov Shuhratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishni ilmiy-pedagogik asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalardagi jismoniy va psixoemotsional holatining nisbiy o‘sishi, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida to‘lqinsimon hamda intensiv jismoniy yuklamalarni sikllarga bo‘lib konversiyalash orqali mashg‘ulotdan oldin va mashg‘ulot yakunida qayd etilgan jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish hisobiga erishilgan;
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridan so‘ng, talabalarning funksional (sistolik, diastolik qon bosimi, yurak qisqarish chastotasi, Genchi va Shtangi) holati va gemodinamik o‘zgarishlarini mikroklimatli sog‘lom va barqaror ekologik holatda olib borilgan nafasni tiklovchi va tinchlantiruvchi mashqlarni individual, kichik guruhlarga bo‘lib qo‘llash hisobiga bosqichma-bosqich me’yorlashtirish metodi takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning jismoniy, funksional, psixologik va motivatsion holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik omillar (harorat, namlik, havo tezligi, radiatsiyalar, issiqlik, atmosfera bosimi, atrof-muhitning holati) ularning jismoniy tayyorgarligi hamda funksional holatining pragmativ (ish, harakat) ko‘rsatkichlari turli iqlim, tog‘ sharoitlarida jismoniy yuklamalarni kompleks uslubda to‘lqinsimon kombinatsiyalashtirib qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;
talabalarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotdan oldin olingan jismoniy, funksional holati, mashg‘ulot yakunidan o‘n daqiqadan so‘ng qayd etilgan ko‘rsatkichlari jismoniy yuklamalarni optimal bajarish, engil atletika, sport o‘yinlari hamda noan’anaviy ishlab chiqilgan mashqlarni qo‘llash yordamida rivojlantirilgan;
barqaror ekologik muhitda olib borilgan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini virtual transformatsiyalash hisobiga talabalarning ekologik madaniyati, integral ko‘rsatkichlari, jismoniy rivojlanishi, ruhiy qiziqishi, mashg‘ulotlarga tayyorgarligi, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtiroki rivojlantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishni ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik omillarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida talabalar jismoniy, psixoemotsional holatiga hamda organizmiga ta’siri to‘lqinsimon hamda intensiv jismoniy yuklamalar samaradorligini aniqlash metodikasi Guliston davlat universiteti “Jismoiy madaniyat va sport” fakul`teti talabalarining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 avgustdagi 03-17-02/5044-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba (o‘smir)larda jismoniy va funksional sifat ko‘rsatkichlari: chidamlilik 13-15 % ga, tezlik 20-22 % ga, egiluvchanlik 40-45 % ga tezkor-kuch sifati 19-21 % ga, kuch sifatlari 19,5-21,5 % ga, jismoniy mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqish 62 % ga, sog‘liqlarini mustahkamlash 74,7 % ga, o‘z-o‘zini jismoniy takomillashtirish 64,7 % ga, emotsional his-hayajonni yumshatish va dam olishga bo‘lgan ehtiyoj 40,7 % ga yaxshilangan;
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning jismoniy, funksional, psixologik va mativatsion holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik omillar (harorat, namlik, havo tezligi, radiatsiyalar, issiqlik, atmosfera bosimi, atrof-muhitning holati) ularning jismoniy tayyorgarligi hamda funksional holatining pragmativ (ish, harakat) ko‘rsatkichlari turli iqlim, tog‘ sharoitlarida jismoniy yuklamalarni kompleks uslubda kombinatsiyalashtirib qo‘llash metodikasi Toshkent davlat transport universiteti talabalari bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati “Xo‘jakent” oromgohi iqlimi va tog‘ sharoitida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 05 apreldagi 06-13-02/609-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning funksional tayyorgarligi 9,2 % ga, iqlim va sharoitga moslashishi (adaptatsiya) natijalari 7-8 % ga, arterial qon bosim (AQB mm/s.) 9-11 % ga, sistolik bosim (SB) 14 % ga, diastolik bosim (DB) 9,5-10 % ga, yurak qisqarish chastotasi (YuQCh) marta/daq 15-16 % ga, nafas olish chastotasi (NOCh marta/daq) 8,3-10 % ga, Shtange sinovi 5-6 % ga, Genchi sinovi 4,5-5 % ga, o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS ml) 10 % ga, chalqancha yotgan holda gavdani ko‘tarish (30 soniyada bajarish soni) 29 – 21 % ga, polga tayangan holda qo‘llarni bukish va rostlash (marta) 17-19,5 % ga, turnikda tortilish (marta) 14,5-15,5 % ga, mokisimon yugurish 3x10 m (soniya) 19-21 % ga, chidamlilik 3000 m, masofaga yugurish 13-15 % ga, joydan turib uzunlikka sakrash (sm) 20-22 % ga yaxshilangan;
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridan so‘ng, talabalarning funksional (sistolik, diastolik qon bosimi, yurak qisqarish chastotasi, Genchi va Shtangi) holati va gemodinamik o‘zgarishlarini mikroklimatli sog‘lom va barqaror ekologik holatda olib borilgan nafasni tiklovchi va tinchlantiruvchi mashqlarni individual, kichik guruhlarga bo‘lib qo‘llash hisobiga bosqichma-bosqich me’yorlashtirish metodikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus davlat pedagogika instituti talabalari bilan o‘tkazilgan qishki va yozgi o‘quv sport mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 05 apreldagi 06-13-02/609-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning funksional tayyorgarligining o‘sish 6,1-7,5 % ga, arterial qon bosim (AQB mm/s.) 6-8 % ga, sistolik bosim (SB) 9,5 % ga, diastolik bosim (DB) 7-8% ga, yurak qisqarish chastotasi (YuQCh) marta/daq 10-11,5 % ga, nafas olish chastotasi (NOCh marta/daq) 5,3-7 % ga, Shtange sinovi 4-5 % ga, Genchi sinovi 2-3 % ga, o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS ml) 4 % ga, sog‘liqlarini mustahkamlash 12,5 % ga, o‘z-o‘zini jismoniy takomillashtirish 24,7 % ga, emotsional his-hayajonni yumshatish va dam olishga bo‘lgan ehtiyoj 26,3 % ga yaxshilangan;
talabalarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotdan oldin olingan jismoniy, funksional holati, mashg‘ulot yakunidan o‘n daqiqadan so‘ng qayd etilgan ko‘rsatkichlari jismoniy yuklamalarni optimal qo‘llash va engil atletika, sport o‘yinlari hamda noan’anaviy ishlab chiqilgan vosita va usullari Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalarining jismoniy va sport mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 avgustdagi 03-17-02/5044-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba (o‘smir)larda funksional sifat ko‘rsatkichlari: chidamlilik 10-12 % ga, tezlik 18-20 % ga, egiluvchanlik 17-19 % ga, oyoq muskullari kuchi 22-24 % ga, qo‘l muskullari kuchi 14-16 % ga rivojlangan, nafas olish chastotasining tiklanish sur’ati ko‘rsatkichi mashg‘ulotdan avval olingan dastlabki ko‘rsatkichga ancha yaqinlashganligi (14,8 marta/daq. - dastlabki ko‘rsatkich, 17,6 marta/daq – tiklanish ko‘rsatkichi), o‘quv mashg‘ulotlaridan oldin organizmning tiklanish sur’ati 2 % ga, mashg‘ulotdan 10 daqiqa o‘tgandan so‘nggi tiklanishi 5,2 % o‘sishga erishilgan;
barqaror ekologik muhitda olib borilgan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini transformatsiyalash Samarqand davlat universiteti “Jismoniy madaniyat va sport” fakul`teti talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 avgustdagi 03-17-02/5044-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba (o‘smir)larda emotsional his-hayajonni yumshatish va dam olishga bo‘lgan ehtiyoj 40,7 % ga, ekologik madaniyat 38,5-40 % ga, ekologik savodxonlikka bo‘lgan ko‘nikma va malaka 31-33 % ga, ekologik huquqqa oid bilimlar darajasi 27-29 % ga, jismoniy tayyorgarlikning integral` ko‘rsatkichi 13-14 % ga, mashg‘ulotlarga tayyorlarligi 53,3 % ga, turistik yurishlar 46,7 % ga, sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish 36,0 % ga, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtiroki 3-5 % ga yaxshilangan.