Ataullaev Zokir Maxsudovichnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Kimyo darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlari (umumta’lim maktablari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2527. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshchanov Ruzumboy Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari kimyoviy hodisalarni kuzatish, tushunish, tushuntirishga o‘rgatuvchi o‘quv jarayonida taqqoslash, sinash va xulosa yasash kabi tajriba bosqichlarini xatolar ustida ishlashning qayta aloqali muhitiga xavfsizlik, topshiriqlar darajalanishi tamoyillariga ko‘ra joriy etish asosida aniqlashtirilgan;  
kimyo darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning  shaxsga yo‘nalganlik, kimyoviy topshiriqlarning variativ zanjiri kabi innovatsion yondashuvlari axborotlarni qidirish, yig‘ish, umumlashtirish va kimyo darslarida hamda darsdan tashqari holatlarda qo‘llashga o‘rgatuvchi tabiiy va laboratoriya metodlaridan ko‘rgazmali, amaliy va integrativ foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli fanga oid va tayanch kompetensiyalarni uyg‘unlikda shakllantirishni ko‘zda tutuvchi nostandart laboratoriya ishlarini “crocodile chemistry” dasturiga asoslangan axborotli, yakka va jamoaviy ishlashga mo‘ljallangan interfaol o‘quv muhitida prognostik monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarining rivojlanganligini baholash mezonlari sinflar kesimida modulli taqsimlangan testlar, laboratoriya topshiriqlarini  “teskari ta’lim” (uyda dars muhiti, darsni uy topshiriqlariga asosan tashkil etish) muhitida natijalarning akademik qaydnomasiga ko‘ra individual qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning  shaxsga yo‘nalganlik, kimyoviy topshiriqlarning variativ zanjiri kabi innovatsion yondashuvlari axborotlarni qidirish, yig‘ish, o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va kimyo darslarida hamda darsdan tashqari holatlarda qo‘llashga o‘rgatuvchi tabiiy va laboratoriya metodlaridan ko‘rgazmali, amaliy va integrativ foydalanishga doir takliflardan «Kimyo fanidan o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlari» elektron-o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Germaniyaning Ausbildung und Arbeit Plus GmbH 2022 yil 14 oktyabrdagi ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 15 noyabrdagi 01/11-02/02-1746-son ma’lumonomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish va o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli fanga oid va tayanch kompetensiyalarni uyg‘unlikda shakllantirishni ko‘zda tutuvchi nostandart labaratoriya ishlarini “crocodile chemistry” dasturiga asoslangan axborotli, yakka va jamoaviy ishlashga mo‘ljallangan interfaol o‘quv muhitida prognostik monitoringli qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar  «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun kimyo fanidan atama va terminlar nomli 2 qismli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 15 noyabrdagi 01/11-02/02-1746-son ma’lumonomasi). Natijada bilan o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning elektron ta’lim zaxiralari vositasida takomillashtirish imkonini bergan;
kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari kimyoviy hodisalarni kuzatish, tushunish, tushuntirishga o‘rgatuvchi o‘quv jarayonida  taqqoslash, sinash va xulosa yasash kabi tajriba bosqichlarini xatolar ustida ishlashning qayta aloqali muhitiga xavfsizlik, topshiriqlar darajalanishi tamoyillari joriy etishga doir takliflaridan umumta’lim maktablarida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm Viloyati teleradiokompaniyasi 2022 yil 7 sentyabrdagi 1064-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar mustaqil ta’limini tashkillashtirishning metodik va didaktik imkoniyatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish