Muxamedov Shavkat Madjitovichning  
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kredit-modul` tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2215. 
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy raxbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Daminov Mirzoxid Islomovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘qitishning kredit-modul` tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni kredit-modul` tizimi asosida o‘qitishning student-centered education, transparent education, improving flexiblity, improving  student mobility tamoyillardan foydalanishning tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli pedagogik shart-sharoitlari motivatsion, mantiqiy, integrativ, everestik yondashuvlardan foydalanish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagog kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘quv jarayonini kredit-modul` tizimi orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy, mazmun, natija komponentlari xalqaro tajribalarni verbal-mantiqiy tarzda tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini kredit-modul` tizimi asosida amalga oshirishda materialshunoslik fanini virtual reallik qonuniyatlariga qaratilgan audio va vizual materiallarni kompyuter muhitida his qilish psixologiyasini 3D animatsiyalar, virtual stend va laboratoriyalardan foydalanish hamda talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan  takomillashtirilgan;
kredit-modul` tizimi orqali o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarni takomillashtirishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashda “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi malaka talablaridagi ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat turlarini rivojlantirish yuzasidan takliflar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda kredit-modul` tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarni kredit-modul` tizimi asosida o‘qitishning student-centered education, transparent education, improving flexiblity, improving  student mobility tamoyillardan foydalanishning tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli pedagogik shart-sharoitlari motivatsion, mantiqiy, integrativ, everestik yondashuvlardan foydalanib tahlil qilish orqali aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 10 iyundagi 02/02-89-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning umumtexnik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan;
o‘quv jarayonini kredit-modul` tizimi asosida amalga oshirishda materialshunoslik fanini virtual reallik qonuniyatlariga qaratilgan audio va vizual materiallarni kompyuter muhitida his qilish psixologiyasini 3D animatsiyalar, virtual stend va laboratoriyalardan foydalanish hamda talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish orqali o‘qitish metodikasi “Materialshunoslik (materialshunoslik va konstruksion materiallar) fanidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i, 166-607 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalarini  kredit-modul` tizimi asosida innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni virtual reallik qonuniyatlariga asosan takomillashtirilgan.
kredit-modul` tizimi orqali o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarni takomillashtirishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashda “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi malaka talablaridagi ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat turlarini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Materialshunoslik (materialshunoslik va konstruksion materiallar)” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 15 iyundagi 89-02-657-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish