Kasimov Feruz Fayzulloevichning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish (9-sinf misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2407.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc),  dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining dasturlashga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarining dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning (sandbokslar, sun’iy intellekt) pedagogik shart-sharoitlari mustaqillik, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalana olish sifatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishda virtual-intellektual borliq, robototexnika, arduino texnologiyalarga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishga oid muammolarni echishga qaratilgan sun’iy intellekt va veb-texnologiyalar asosida o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi agile, scrum metodologiyalariga tayangan holda o‘quv jarayonining modeli mazmunan takomillashtirilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining dasturlashga oid kompetensiyalarini guruh bilan ishlash, masala sharti asosida algoritmlarni tuza olish, dasturlash tilini o‘zlashtirish arxitekturasini ishlab chiqishga qaratilgan onlayn-o‘quv portali, ijtimoiy-tarmoq posterlaridan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida shakllantirishda o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlarga asoslangan analiz-sintez, induksiya-deduksiya, taqqoslash va analogiya tamoyillaridan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini samarali o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilarining dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning  (sandbokslar, sun’iy intellekt) pedagogik shart-sharoitlari mustaqillik, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalana olish sifatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hzuridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani dars mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 23 avgustdagi 02-02/3-2179-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishda virtual-intellektual borliq, robototexnika, arduino texnologiyalarga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishga oid muammolarni echishga qaratilgan sun’iy intellekt va veb-texnologiyalar asosida o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi agile, scrum metodologiyalariga tayangan holda o‘quv jarayonining modeli mazmunan takomillashtirishga doir nazariy ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetining OT-F4-02 raqamli  “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellarini loyihalash va modellashtirish” qismini  bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 31 avgustdagi 04-04/01-598-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining bo‘lajak kasbiy faoliyatlariga oid matematik-fizik masalalarni raqamli texnologiyalar asosida loyihalash va modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida shakllantirishda o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlarga asoslangan analiz-sintez, induksiya-deduksiya, taqqoslash va analogiya tamoyillaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalardan Buxoro davlat universitetining OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning “O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanganlik darajalarini tadqiq qilish uslubi” qismini  bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 04-04/01-588-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarining ijtimoiy-psixologik sifatlari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish