Abdalimov Alisher Odilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus kuch tayyorgarligi vositalaridan foydalanish asosida yuqori malakali gandbolchilar o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tuzish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped819.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Goncharova Ol`ga Viktorovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nabiev Timur Erikovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali gandbolchilarning individual musobaqa faoliyati tavsiflarini inobatga olgan holda, ularning maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv-mashg‘ulot jarayonida maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish uchun alohida mushak guruhlariga (tizza, boldir, panja bo‘g‘imlarining yozuvchi mushaklariga) tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni tezkor-kuch mashg‘ulotlariga kiritish hisobiga yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash uslubiyati takomillashtirilgan;
o‘quv-mashg‘ulot jarayoni boshqaruvini optimallashtirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan yuqori va pastki tana qismi mushaklarining kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va qat’iy me’yorlashtirilgan yuklamalarni qo‘llash asosida pliometrik rejimda bajariladigan mashq uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
yuqori malakali gandbolchilarda maxsus kuch tayyorgarli darajasini baholash uchun “Sila-1” uskunasidan foydalangan holda tayyorgarlikni turli davrlarida sportchilarning kuch tayyorgarligini aniqlashga qaratilgan uslubiyat yaratilgan;
o‘yin vaqtidagi charchoq sharoitlarida amalga oshiriluvchi qo‘l va oyoqlarda portlash kuchini rivojlantirish vositalaridan foydalangan holda yuqori malakali gandbolchilarning maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus kuch tayyorgarligi vositalarini qo‘llash asosida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tuzishda nazariy va amaliy tavsiyalarga tayangan holda: 
yuqori malakali gandbolchilarda maxsus kuch tayyorgarli darajasini baholash uchun “Sila-1” uskunasidan foydalanib tayyorgarlikni turli davrlarida sportchilarning kuch tayyorgarligini aniqlashga qaratilgan uslubiyat qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston oliy liga gandbol bilan shug‘ullanuvchi Olmaliq TMK jamoasi mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 10-noyabrdagi 04-21/10266-son dalolatnomasi). Natijada maxsus kuch sifati 19,7% ga yaxshilangan;
o‘yin vaqtidagi charchoq sharoitlarida amalga oshiriluvchi qo‘l va oyoqlarda portlash kuchini rivojlantirish vositalaridan foydalangan holda, yuqori malakali gandbolchilarning maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston gandbol federatsiyasi musobaqalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 10-noyabrdagi 04-21/10266-son dalolatnomasi). Natijada 2019 yilda Italiyaning Teramo shahrida yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogida 20 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasida 2-o‘rin qo‘lga kiritilgan;
o‘quv-mashg‘ulot jarayonida maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish uchun alohida mushak guruhlariga (tizza, boldir, panja bo‘g‘imlarini yozuvchi mushaklarga) tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni tezkor-kuch mashg‘ulotlariga kiritish hisobiga yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston gandbol federatsiyasi o‘quv mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 10 noyabrdagi 04-21/10266-son dalolatnomasi). Natijada mashg‘ulot jarayonining samaradorligi 14.8%ga yaxshilangan;
o‘quv-mashg‘ulot jarayoni boshqaruvini optimallashtirish maqsadida, maxsus ishlab chiqilgan yuqori va pastki tana qismi mushaklarining kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va qat’iy me’yorlashtirilgan yuklamalarni qo‘llash asosida pliometrik rejimda bajariladigan mashq uslubidan foydalanish bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (gandbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500-191 raqamli guvohnoma). Natijada gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyati 14.6% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish