Sangirova Zamira Bozorboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida STEAM yondashuv asosida o‘quv-loyiha ishlarini tashkil etish metodikasi (tabiiy fanlarni o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2586.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Suyarov Kusharbay Tashbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarini o‘qitishda STEAM ta’limini qo‘llash asosida o‘quv-loyiha ishlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida STEAM ta’limini qo‘llashning pedagogik imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarini shakllantirishning o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan barqaror munosabatlar, shaxsiy namuna, faol fuqaro motivi kabi ijtimoiy mobillikni ta’minlovchi intensiv usullarning maqbulligini ta’minlashga ko‘ra aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyasini shakllantirish modeli nazariy bilimlarni amaliy-loyihalar uyg‘unligida qo‘llashda kuzatuvchanlik, izlanuvchanlik, ijodkorlik kabi STEAM texnologiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
STEAM yondashuvi asosida o‘qitish metodikasi tayanch hamda “Tabiiy fanlar”dan amaliy va tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mazmuniga uyda bajariladigan amaliy ishlar, tajribalar, kichik tadqiqot hamda o‘quv-loyiha ishlarini singdirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi loyiha ishini bajarishning intensiv shakllantirishni ta’minlovchi loyiha faoliyatga qiziqish, axborotlar bilan ishlash, kuzatish vosita va usullarini o‘zlashtirish, muloqotga kirishish kabi baholash me’zonlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida STEAM yondashuv asosida o‘quv-loyiha ishlarni tashkil etish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida STEAM ta’limini qo‘llashning pedagogik imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarini shakllantirishning o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan barqaror munosabatlar, shaxsiy namuna, faol fuqaro motivi kabi ijtimoiy mobillikni ta’minlovchi intensiv usullarning maqbulligini ta’minlashga doir takliflar umumta’lim maktablari 1- va 2- sinflar “Tabiiy fanlar” darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 12 maydagi 01/11-01/9-682-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasi asosida tabiiy fanlarni o‘qitish mazmuni boyitilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyasini shakllantirish modeli nazariy bilimlarni amaliy-loyihalar uyg‘unligida qo‘llashda kuzatuvchanlik, izlanuvchanlik, ijodkorlik kabi STEAM texnologiyalariga ustuvorlik berishga oid taklif va tavsiyalar asosida 3-sinf kesimida yaratilgan “STEAM yondashuvi asosida o‘quv-loyiha ishlarini tashkil etish” metodikasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 12 maydagi 01/11-01/9-682-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning mavjud va o‘zlari yaratadigan jihozlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishning didaktik ta’minoti kengaytirilgan.
o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi loyiha ishini bajarishning intensiv shakllantirishni ta’minlovchi loyiha faoliyatga qiziqish, axborotlar bilan ishlash, kuzatish vosita va usullarini o‘zlashtirish, muloqotga kirishish kabi baholash me’zonlarni kiritishga doir tadqiqot mazmunidan Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 12 maydagi 01/11-01/9-682-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda o‘quv-amaliy o‘qitish shakliga ko‘ra o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi yaratilgan.