An Ekaterina Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namlangan gruntlarda joylashgan quvurlarning dinamik ustuvorligi», 01.02.04– Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/FM17.
Ilmiy rahbar: Rashidov Tursunboy Rashidovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.T/FM.03.04.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Safarov Ismoil, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suvga to‘yingan gruntlarga joylashgan, tez yoki davriy bo‘ylama yuklanish ko‘rinishidagi kuchlar ta’siridagi er osti quvurlarining dinamik mustahkamligini hamda quvurning buzilishiga olib keladigan noturg‘unlik holatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“quvur-grunt” tizimidagi o‘zaro ta’sirining kinematik modellaridan foydalanib suvga to‘yingan gruntda joylashgan er osti quvurlarining dinamik ustuvorligini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ko‘chishning vaqtga bog‘liqligi hamda amplituda chastotalar bog‘liqligini aniqlash uchun bevosita qo‘llash mumkin bo‘lgan hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ko‘ndalang va bo‘ylama ko‘chishlarni birgalikda hisobga oluvchi umumiy hollar uchun suvga to‘yingan gruntlarda joylashgan, geometrik chiziqsiz er osti quvurining ustuvorligini tekshirish masalalarini echish usuli ishlab chiqilgan;
“quvur-grunt” tizimida o‘zaro ta’sirining kinematik modellarini qo‘llash asosida, quvur oxirida ma’lum bir og‘irlik (quduq) bo‘lgan er osti quvurining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namlangan gruntlarda joylashgan quvurlarning dinamik ustuvorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘ylama yuklanishlarda namlangan gruntlarda joylashgan er osti quvurlarining ustuvorligini hisoblash usuli va dasturi «O‘zog‘irsanoatloyiha instituti» AJda er osti quvurlarini loyihalash va qurilish jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2018 yil 31 yanvardagi 794/11-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida namlangan gruntlarda joylashgan quvurlarning dinamik ustuvorligini va mustahkamligini 1,25 marta zaxira bilan ta’minlash hamda hisoblash vaqtini 2,3 barobar qisqartirish imkonini bergan;
quvur oxirida ma’lum bir og‘irlik (quduq) bo‘lgan er osti quvurining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usuli «Qishloqqurilishloyiha» MChJ Bosh loyiha-qidiruv institutida “Yakka tartibdagi yashash komplekslari” obektlarida er osti quvurlaridagi maksimal kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2018 yil 31 yanvardagi 794/11-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ish sifati va mehnat unumdorligini 20% ga oshirish imkonini bergan;
ko‘chishlarni vaqtga bog‘liq holda aniqlashning hisoblash usuli «Qishloqqurilishloyiha» MChJ Bosh loyiha-qidiruv institutida “Yakka tartibdagi yashash komplekslari” obektlarida er osti quvurlarining dinamik ustuvorligini ta’minlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2018 yil 31 yanvardagi 794/11-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi hisob-loyihalash ishlari samaradorligini 1,5 barobar oshirish imkonini bergan.